Gentra’da “migalka” yoqib, yölda qarama-qarşi yurganlar qamaldi
15-04-2026, 16:07
39 марта

Gentra’da “migalka” yoqib, yölda qarama-qarşi yurganlar qamaldi
Toşkent şahrida Gentra’da “migalka” yoqib, yölda qarama-qarşi yurganlar qölga olindi. Bu haqda Yöl harakati xavfsizligi xizmati matbuot kotibi Zoyir Yöldoşev malum qildi.Qayd etilişiça, joriy yilning 11 mart kuni tungi vaqtda 3 nafar haydovçilik huquqiga ega bölmagan yigit boşqa bir şaxsga tegişli, miltillovçi çiroqlar örnatilgan, davlat raqam belgisi yeçib olingan Gentra’da fuqarolarning hayotini xavf ostida qoldirgan holda “sayr qilgan”. Ular ötkazilgan suriştiruv davomida uşlanib, Jinoyat işlari böyiça Yunusobod tuman sudiga olib borilgan.
Avtomobilni haydaş huquqiga ega bölmagan yoşlarga avtomaşinasini boşqariş uçun bergan Samandar Rustam öğli Mirqodirov Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 135-moddasi (Yöl harakati qoidalarida nazarda tutilgan hujjatlari bölmagan şaxslarning transport vositalarini boşqarişi) 2-qismi bilan bazaviy hisoblaş miqdorining 5 barobari (2 mln 60 ming söm) miqdorida jarimaga tortilgan bölsa, mazkur kodeksning 183-moddasiga (mayda bezorilik) muvofiq sud qarori bilan Temur Doniyor öğli Usmonovga bazaviy hisoblaş miqdorining 3 barobari (1 mln 236 ming söm) miqdorida jarima, Muhammadamin Azamat öğli Toşmatov va Jamşidbek Asatulla öğli Salamullayevlarning har biriga nisbatan 5 sutkadan mamuriy qamoq jazosi tayinlangan. Tayinlangan jazo keça, 14 aprel kunidan boşlab hisoblanişi belgilangan. Ijtimoiy tarmoqlarda mazkur şaxslarning jazo ötaş jarayonidan suratlar tarqaldi.

“Biz qilgan işimizdan afsusdamiz. Maslahatim bu işni qilmanglar. Nima qilişlaringdan qatiy nazar hamma narsa körinadi va hamma narsa bilinib, topilarkan”, deydi sudlanuvçilardan biri.

Yuqoridagi şaxslarning qonunbuzarliklaridan jabrlangan fuqarolardan yaqin oradagi içki işlar bölimiga yoki 102 raqamiga murojaat qiliş söraladi.