Rossiya armiyasiga yollangan özbekistonlikka hukm öqildi
15-04-2026, 16:10
50 марта
Rossiya armiyasiga yollangan özbekistonlikka hukm öqildiRossiya armiyasiga yollanib, Ukraina bilan uruşda qatnaşgan özbekistonlik erkaning ozodligi 3 yil 6 oyga çeklandi.
Hujjatda keltirilişiça, Surxondaryo viloyatining Şörçi tumanida tuğilgan erkak Yu.A. 2024 yilning 25 noyabr kuni işlaş maqsadida Rossiyaga borgan. U malum muddat kirakaşlik qilgan va 2025 yilning avgust oyida oddiy askar sifatida Rossiya armiyasiga yollangan. Şundan söng u harbiy qismda tayyorgarlikdan ötib, Kursk viloyati hududida Rossiya – Ukraina örtasidagi jangovar harakatlarda iştirok etgan. Erkak 2025 yilning 9 sentyabr kuni Ukraina tomonidan otilgan snaryad portlaşi oqibatida çap yelkasi va çap oyoğidan tan jarohat olgan. U davolaniş uçun Moskva viloyati Krasnogorsk şahridagi Vişnevskiy nomli harbiy gospitalga joylaştirilgan va u yerda olgan tan jarohatlari böyiça bir neça marta jarrohlik amaliyotini ötkazgan. Şundan söng erkak Ukrainaga qarşi harbiy harakatlarda iştirokini davom ettiriş niyatidan qaytgan. 2025 yil 21 oktyabr kuni Moskva şahridagi Özbekiston Respublikasi elçixonasidan ortga qaytiş guvohnomasini olib, 22 oktyabr kuni “Moskva-Toşkent” yönalişi orqali Toşkent şahridagi Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportga uçib kelgan.
Joriy yilning 24 mart kuni Jinoyat işlari böyiça Şörçi tuman sudida mazkur iş körib çiqilgan. Sudda Yu.A. aybiga qisman iqror bölib, körsatma bergan. Uning aytişiça, 2025 yilning 12 fevral kuni kirakaşlik qilib, 2 yölovçini olib ketayotganida içki işlar organlari xodimlari tomonidan töxtatilgan. Şunda yölovçilardan giyohvandlik moddalari topilgan va uni ham yölovçilarning şerigi sifatida qölga olişgan. Yu.A. ning bildirişiça, u tergov jarayonida IIO xodimlari tomonidan qiynoqqa solingan va Rossiya armiyasiga yollanişga majburlangan. Şundan söng u Donetsk şahridagi harbiy poligonga olib borilib, uruşga tayyorgarlikdan ötkazilgan. 2025 yilning 9 sentyabr kuni Kursk viloyatiga ketayotganda ularning maşinasiga snaryad urilgan. Oqibatda u bilan birga avtomobilda bölgan 3 kişi halok bölgan. Uşbu voqeadan söng Yu.A. Moskva viloyatidagi harbiy gospitalga yuborilgan. Erkakning aytişiça, u ahvoli biroz yaxşilangandan söng gospitaldan qoçgan va Özbekistonning Moskvadagi elçixonasiga borib, ortga qaytiş uçun hujjat olgan. Şundan söng Özbekistonga qaytib kelgan.
Yu.A. Jinoyat kodeksining 154-moddasi (Yollaniş) 1-qismi va 154-1-moddasi (Çet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki şunga öxşaş boşqa organlariga xizmatga kiriş, yollaniş) 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybli deb topilgan. Unga tayinlangan jazolarni qisman qöşiş yöli bilan bilan uzil-kesil şifoxonaga boriş va uy-joyiga qaytib kelişi uçun zarur bölgan vaqtdan taşqari qolgan vaqtda yaşaş joyidan çiqişini çeklaşdan iborat 3 yil 6 oy muddatga ozodlikni çeklaş jazosi tayinlangan.