USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekiston avtomobil bozorida Çevrolet'ning uluşi 80 foizdan pasaydi

100 марта
Özbekiston avtomobil bozorida Çevrolet'ning uluşi 80 foizdan pasaydi

UzAuto Motors 1-çorakda sotuvlarni 12 foizga oşirişga erişdi, lekin boşqalar undan ança tezroq ösyapti. Masalan, BYD Uzbekistan hozir ötgan yilga qaraganda 2 barobar köproq avtomobil sotmoqda. Ötgan bir yil davomida Yuan Up'ga talab 5 barobarga oşdi. Song Plus sotuvlari esa 2 karraga köpaydi.

Özbekiston avtomobil sanoati korxonalari 2026 yil 1-çoragida 91 088 ta avtomobil sotdi, deya xabar berdi “Özavtosanoat” AJ. Bu körsatkiç – ötgan yilning mos davriga nisbatan 15 735 taga yoki 21 foizga köp.


Bir yillik dinamikaga qaralsa, BYD Uzbekistansotuvlarni qariyb 2 barobarga oşirgani etiborli. Kompaniya ötgan yili yanvar-mart oylarida 4045 ta avtomobil sotgan bölsa, joriy yilning şu davrida sotuvlari 93 foizga oşgan va 7799 taga yetgan.


Şuningdek, 1-çorakda ADM Jizzakh sotuvlari 26 foizga (8623 tadan 10 886 taga), Khorezm Autosotuvlari 24 foizga (21 275 tadan 26 348 taga) oşgan.


Bozor yetakçisi UzAuto Motors esa 12 foizlik ösişga erişgan: 1-çorakda sotilgan avtomobillar soni 40 985 tadan 45 881 taga yetgan.

Avtomobil brendlari kesimidagi raqamlarga kelsak, Çevrolet brendining bozordagi uluşi 80 foizdan pasayganini köriş mumkin: ötgan yili 1-çorakda bu brendga mansub avtomobillar bozorning 82,6 foizini taşkil etgan bölsa, hozir bu körsatkiç 79,3 foizgaça tuşgan.


Şu bilan birga, Çevrolet sotuvlari 16 foizga oşganini ham qayd etiş lozim. Lekin boşqa brendlar, aniqroği BYD (+93%) va Kia (+65%) sotuvlari bozor yetakçisiga qaraganda tezroq ösgani natijasida, ötgan bir yil davomida Çevrolet'ning bozordagi dominant uluşi 3,3 foiz punktga qisqargan.

Avtomobil modellari qatori yetakçisi – Çevrolet Cobalt sotuvi joriy yil birinçi çorakda 24 mingtaga yetmagan, bu – 17 foizlik pasayişni körsatadi.

Damas, Tracker va Onix'ga talab esa sezilarli oşgan: Damas sotuvi 22 foizga (18,8 mingta sotilgan), Tracker xaridorlari 55 foizga (11,2 mingta), Onix sotuvlari esa 156 foizga (10,4 mingta) köpaygan.

Çevrolet brendidan taşqarida eng köp sotilayotgan model hamon Kia Sonet bölib qolmoqda: bu avtomobil joriy yil 1-çorakda salkam 5600 ta sotildi, bu – bir yil oldingiga qaraganda 43 foizga köp.

Keyingi örindagi BYD Song Plus Çampion DMI sotuvlari 2 barobarga oşgan (2,8 mingta sotilgan, +97%), lekin ösiş surati böyiça yetakçi u emas.

BYD Uzbekistan ötgan yili şu davrda qariyb 400 ta Yuan Up sotgan edi, joriy yilda esa bu körsatkiç 2,1 mingtaga yetdi. Yani bu modelga talab ötgan bir yil davomida 5,2 barobarga oşgan.

“Özavtosanoat” AJ elon qilgan infografikalar

2025 yil 1-çorak:

2026 yil 1-çorak:

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: