Kasalni yaşirsang, isitmasi oşkor qiladi: Adliya vazirligida “yaşirilgan qaror” va “yöqolmagan” avtomobil mojarosi
17-04-2026, 05:44
232 марта

Kasalni yaşirsang, isitmasi oşkor qiladi: Adliya vazirligida “yaşirilgan qaror” va “yöqolmagan” avtomobil mojarosi
Hujjatlar şaffofligi va davlat mulki hisoboti bilan boğliq bazi holatlar şubhalarga sabab bölmoqda. Gap premium toifadagi Kia K9 avtomobili atrofida keçayotgan ziddiyatli malumotlar haqida bormoqda.Fevral oyi örtasida xususiy kompaniya tomonidan Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga vaqtinça foydalaniş uçun bepul asosda premium toifadagi Kia K9 avtomobili taqdim etilgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Va albatta, bu holat muhokamalarga sabab böldi – davlat organi nega xususiy sektordan bepul foydalanişga avtomobil oladi?
Eng qiziq jihati — mazkur qaror E-qaror platformasiga joylangan bölsa-da, oradan köp ötmay nomalum sabablarga köra ommadan yaşirib qöyildi.
Odatda davlat qarorlarining oçiq elon qilinişi şaffoflikning asosiy belgilaridan biri hisoblanadi. Lekin bu holatda hujjat nega yopilgani böyiça izoh berilmagani savollarni yanada köpaytirdi.
Keyinçalik, bir qança muhokamalardan keyin esa, vazirlik matbuot xizmati avtomobil haqiqatan ham vaqtinça va bepul foydalaniş uçun olinganini tasdiqlab, hozirda unga ehtiyoj qolmagani sababli egasiga qaytarilganini malum qilgan edi.
Şu bilan masala yopilgandek böldi. Ammo, yaqinda örganişlar davomida yana bir qiziq holat aniqlangan: vazirlik balansida 01 757 DAV davlat raqamiga ega KIA K9 PREMIUM avtomobili mavjudligi qayd etilgan.
Agar avtomobil qaytarilgan bölsa, u qanday qilib balansda saqlanmoqda? Yoki bu boşqa avtomobilmi? Ammo, nega aynan bir xil rusum va toifa?
Bu savollarga hozirça oçiq va aniq javob berilgani yöq. Aytiş lozimki, holat alohida bir avtomobil bilan çeklanib qolmaydi. U davlat idoralarida qimmatbaho xizmat avtomobillaridan foydalaniş, xususiy sektor bilan munosabatlar, qarorlar şaffofligi kabi masalalarni ham yana bir bor kun tartibiga olib çiqadi.
Davlat organlari faoliyatida oçiqlik va hisobdorlik jamoatçilik işonçini taminlaydigan asosiy omillardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, moliyaviy va moddiy resurslar bilan boğliq qarorlar oçiq va tuşunarli bölişi kerak. “Kia K9” atrofidagi bu savollarga masul idoralardan javob kutib qolamiz.