Qoraqalpoğistonda maxsus mayning zona taşkil etiladi
21-04-2026, 08:57
44 марта

Qoraqalpoğistonda maxsus mayning zona taşkil etiladi
Qoraqalpoğiston Respublikasida “Besqala Mining Valley” maxsus mayning zonasi taşkil etiladi. Bu haqda Prezidentning joriy yil 17 aprel kuni qabul qilingan “Qoraqalpoğiston Respublikasida maxsus mayning zonasini taşkil etiş va uning faoliyatini yölga qöyiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorida söz boradi.Qarorga köra, “Besqala Mining Valley” maxsus mayning zonasi taşkil etiladi. Maxsus zonaning hududi Qoraqalpoğiston Respublikasining butun hududi hisoblanadi.
Maxsus zona doirasida quyidagilarga ruxsat beriladi:
- mayningni amalga oşiriş uçun yagona elektr energetika tizimi va barça turdagi qayta tiklanuvçi energiya manbalar, şuningdek, vodorod elektr stantsiyasida işlab çiqarilgan elektr energiyasidan foydalanişga;
- mayning natijasida olingan kripto-aktivlar belgilangan tartibda milliy kripto-birjalar yoki xorijiy platformalar orqali, şu jumladan, töğridan töğri şartnomalar asosida sotilişiga va (yoki) ularni boşqa likvidli kripto-aktivlarga ayirboşlaşga va boşqalar.
Talabgorlar (yuridik şaxslar) maxsus zona rezidentligini va mayning faoliyatini amalga oşiriş uçun ruxsatnoma oliş töğrisida ariza bilan Direktsiyaga murojaat qiladi.
2035 yil 1 yanvarga qadar rezidentlarning mayning faoliyatini amalga oşiriş bilan boğliq operatsiyalardan olingan daromadlari soliqlar va yiğimlardan ozod qilinadi.