Özbekistonda endi kameralar jarima ballarini belgilamoqda: bu qanday işlaydi?
26-04-2026, 07:52
398 марта
Özbekistonda endi kameralar jarima ballarini belgilamoqda: bu qanday işlaydi?2026 yilning 1 aprel sanasidan boşlab Özbekistonda YHQni buzganlik uçun jarima ballari tizimi işga tuşirildi.
Ballarning yiğilişi haydovçilik guvohnomasidan mahrum bölişgaça bölgan oğir oqibatlarga olib kelişi mumkin. Endi avtomobil egasi emas, balki rulda bölgan şaxs javobgar böladi. Ballar nima uçun hisoblanişi, ular qanday hisobdan çiqarilişi va qanday holatlarda bekor qilinişini aytib beramiz.
Qoidabuzarliklar uçun kim javob beradi
Jarima ballari tizimi ötgan yilning 1 iyunidan amal qilmoqda, biroq ilgari ballar faqat DYHXX xodimlarining bayonnomalari asosida hisoblangan.
Joriy yilning 1 aprelidan boşlab kameralar qayd etgan qoidabuzarliklar uçun ham ballar hisoblanmoqda. Masuliyat tamoyili ham özgardi. Ballar endi maşina egasiga emas, balki qoidabuzarlik sodir etilgan vaqtda rulda bölgan şaxsga belgilanadi.
Agar avtomobildan boşqa şaxs foydalansa (işonçnoma, ijara yoki suğurta böyiça), maşina egasi bu haqda MyGov yoki SafeRoad ilovasi orqali xabar berişi mumkin. Ikkinçi şaxs tomonidan tasdiqlangandan söng, kelgusidagi qoidabuzarliklar uçun barça javobgarlik, jumladan, jarima ballari töliq uning zimmasiga ötadi.
YHXB matbuot xizmatining aniqlik kiritişiça, qoidabuzarliklar töğrisidagi bildirişnomalar MyGov, SafeRoad va Road24 orqali avtomatik ravişda yuboriladi. Xususan, Road24 ilovasida jarima ballari körsatiladigan alohida ustun mavjud.
Boşqarmaning takidlaşiça, bunday hollarda köp narsa avtomobil egasining öziga boğliq. Aynan u ballarning haqiqiy qoidabuzarga ötkazilişidan manfaatdor bölişi kerak.
«Ballar avtomobilga emas, balki uni boşqarayotgan şaxsga belgilanadi». Şunday qilib, agar haydovçi bir neçta maşinadan foydalansa, barça qoidabuzarliklar, ular qaysi avtomobilda sodir etilganidan qati nazar, qöşib hisoblanadi.
Masuliyatni boşqa haydovçiga qanday ötkaziş mumkin
Buni MyGov yoki SafeRoad ilovasi orqali onlayn amalga oşiriş mumkin.
Portal orqali boşqariş huquqini ötkaziş haqida xabardor qiliş xizmatini tanlaş, avtomobilni körsatiş va haydovçi malumotlarini kiritiş kerak. Şundan söng tölov uçun QR-kodli kvitantsiya şakllantiriladi.
Ilovada ham hammasi xuddi şunday işlaydi: «Xizmatlar» bölimida jarimalarni işonçnoma böyiça ötkaziş funktsiyasi tanlanadi, avtomobil va ikkinçi haydovçining malumotlari körsatiladi. Keyin tölov uçun hisob-kitob paydo böladi.
Tölov amalga oşirilgandan söng, ikkinçi şaxsga bildirişnoma boradi, u roziligini tasdiqlaşi kerak. Şundan keyingina kelgusi qoidabuzarliklar uçun barça javobgarlik, jumladan, jarima ballari ham unga ötadi.
Agar qoidabuzarlikni kamera qayd etgan bölsa-yu, masuliyatni ötkaziş oldindan rasmiylaştirilmagan bölsa, heç narsa özgarmaydi. Yo tomonlar özaro kelişib olişadi, yoki nizo sudda hal qilinadi.
Jarima ballari nima uçun hisoblanadi
Ballar aniq yöl harakati qoidalarini buzganlik uçun hisoblanadi va ular Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksda qayd etilgan. Qoidabuzarlik qançalik jiddiy bölsa, ballar şunçalik yuqori böladi.
Masalan, «mayda» qoidabuzarliklarga quyidagilar kiradi:
• nosoz yoki noqonuniy qayta jihozlangan avtomobilni boşqariş – 0,3 ball;
• sababsiz signal beriş – 0,2 ball;
• töxtaş va töxtab turiş qoidalarini buziş – 0,2 ball;
• qoraytiriş yoki köriş qobiliyatini çeklaş – 0,5 ball (bir yil davomida takrorlansa – 1 ball);
• foydalaniş taqiqlangan avtomobildan foydalaniş yoki raqamni yeçib oliş – 1 ball.
Tezlik uçun esa köproq ball beriladi:
• 20 km/soatgaça – 0,5 ball;
• 20-40 km/soat – 1 ball;
• 40-60 km/soat – 1,5 ball;
• 60 km/soatdan ortiq – 2 ball.
Şuningdek:
• qizil çiroqda ötiş yoki tartibga soluvçini etiborsiz qoldiriş – 1 ball;
• maxsus transport vositalariga xalaqit beriş – 0,5 ball;
• qarama-qarşi yönalişga çiqiş – 1 ball;
• favqulodda vaziyat yaratiş – 1 ball;
• quvib ötiş qoidalarini buziş – 1 ball.
Qöşimça ravişda:
• odam taşiş qoidalarini buziş – 0,3 balldan 0,5 ballgaça;
• xavfli guruhli harakatlarda iştirok etiş – 1,5 ball;
• temir yöl kesişmasida qoidabuzarlik – 1 ball.
Eng köp jarima balli bölgan 2 ball YTH joyini tark etganlik uçun belgilanadi.
Agar haydovçi 12 ball töplasa, u kamida yarim yilga haydovçilik guvohnomasidan mahrum qilinadi va qayta imtihon topşirişga yuboriladi.
Jarima ballari qanday hisobdan çiqariladi va qaçon yöq böladi
Ballar E-jarimaball tizimi orqali avtomatik tarzda hisoblanadi. Hisoblaş birinçi qoidabuzarlikdan boşlanadi va keyingi yilning xuddi şu sanasigaça bir yil davom etadi. Agar bu vaqt içida haydovçi 12 ball töplamasa, ular keyingi yilga ötkazilmaydi va butunlay yöq böladi.
Ballar DYHXX xodimlarining bayonnomalari böyiça ham, foto va video qayd etiş kameralari malumotlari böyiça ham hisoblanadi.
Tizim ballarni hisobdan çiqarişi ham mumkin. Agar olti oy davomida qoidabuzarliklarsiz haydasangiz, avtomatik ravişda 2 ball olib taşlanadi. Agar şundan keyin qoldiq ikkidan kam bölib qolsa, ballar butunlay nolga tenglaştiriladi va hisob qaytadan boşlanadi.
Bundan taşqari, agar haydovçi 12 oy davomida qoidalarni buzmasa, navbatdagi birinçi qoidabuzarlik uçun jarima ballari hisoblanmaydi.
Ballar xato hisoblansa nima qiliş kerak
Tizim xatolik yuz berganda jarima ballarini bekor qiliş imkoniyatini közda tutadi. Agar jarima sud yoki vakolatli organlar orqali asossiz deb topilsa, unga hisoblangan barça ballar avtomatik ravişda bekor qilinadi.