Germaniya Prezidenti Özbekistonga keladi
Germaniya Prezidenti Frank-Valter Ştaynmayer 15 iyun kuni Osiyo böylab beş kunlik safariga yöl oladi. U taşrif davomida Indoneziya, Filippin va Özbekistonda böladi. Bu haqda Germaniya Prezidenti matbuot xizmati malum qildi.
Ştaynmayer safarda rafiqasi Elke Byudenbender hamda Germaniya biznes doiralari vakillaridan iborat delegatsiya hamrohligida qatnaşadi.
Taşrifning sönggi manzili Toşkent böladi. Germaniya Prezidenti bu yerda Germaniyaning GP Günter Papenburg quriliş kompaniyasi filiali faoliyati bilan tanişişi rejalaştirilgan.
Taşrifning asosiy mavzularidan biri mehnat migratsiyasi va malakali kadrlar tayyorlaş masalalari böladi. Germaniya tomonining takidlaşiça, Özbekiston Osiyo davlatlari orasida nemis tilini örganuvçilar soni eng köp bölgan mamlakat hisoblanadi.
Ştaynmayer safarining avvalgi bosqiçlarida Indoneziya va Filippinda ikki tomonlama munosabatlar, iqtisodiy hamkorlik va ijtimoiy masalalar muhokama qilinadi.