Toşkent va Maskat örtasida töğridan töğri aviaqatnovlar yölga qöyiladi
Bugun, 18 iyun kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Toşkent xalqaro investitsiya forumida iştirok etiş uçun Toşkentga kelgan Ömon Sultonligi Iqtisodiyot vaziri Xamis bin Sayf al-Jabriy boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda Özekiston yetakçisining matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, uçraşuv avvalida yuqori martabali mehmon davlat rahbariga Ömon Sultoni Haysambin Toriq Ol Saidning samimiy salomini yetkazgan.

Tomonlar savdo-iqtisodiy va investitsiya-moliyaviy sohalardagi hamkorlikni jadallaştiriş masalalari yuzasidan fikr almaşgan.
Sönggi yillarda aloqalar faollaşgani, tovar ayirboşlaş hajmi ösgani qayd etilgan. Özbek-Ömon investitsiya kompaniyasi iştirokida muhim loyihalar samarali amalga oşirilmoqda. Keyingi oydan poytaxtlar örtasida töğridan töğri aviaqatnovlar yölga qöyiladi.
Şu yil Masqat şahrida Hukumatlararo qöşma komissiyaning navbatdagi yiğilişini ötkazişga kelişib olingan.
Muloqotda transport, logistika, geologiya, elektron tijorat, raqamli infratuzilma va boşqa yönalişlarda istiqbolli loyihalarni ilgari surişga alohida etibor qaratilgan.