Maryam Tillyayeva pul uçun şouda qatnaşib baloga qoldi
Özbekistonning Birinçi prezidenti Islom Karimovning nabirasi Maryam Tillyayeva va uning eri Arno Kosyan “Pyatnitsa” telekanalidagi “Sevgiga pul tikiş” realiti-şousining yangi mavsumida iştirok etdi. Ularning şoudagi iştiroki tomoşabinlar va tarmoq kuzatuvçilari örtasida kuçli muhokama, xeyt va noroziliklarga sabab böldi. Şundan söng, Maryam (Maşa) Tillyayeva Turkiyaga uçib ketişi oldidan özining Instagram sahifasida xeyterlariga nisbatan “iliq” fikrlarini qoldirdi.
Şou premerasi 2026 yil 15 mayda bölib ötgandi. Şouni kuzatgan tomoşabinlar Maşani villada özini haddan taşqari erkatoy tutişda, pulparastlikda va rus yulduzlari bilan ikkiyuzlamaçilik qilişda aybladi.

Eng katta bahslardan biri Maryamning loyihaga boriş maqsadi haqidagi gaplari böldi. Şou davomida u boş sovrin – yirik pul mukofoti uçun kelganini, çunki töy xarajatlari uçun pul kerakligini aytdi. Şuningdek, u Arno bilan munosabatlari boşida qayliği unga “alfons emasligini” isbotlaş uçun özining bor pulini sarflab yuborganini, hatto Maryamning jamoasiga öz çöntagidan oylik tölab, bor-budidan ayrilib, xonavayron bölganini oçiqladi. Tanqidçilar u badavlat oila vakili böla turib, realiti-şouda pul haqida bunday gapirişini va yigitni moliyaviy qiyinçilikka tuşirganini noörin deb hisobladi.
Iyun oyidagi sonlarda Maryam va taniqli rus aktrisasi Anna Xilkeviç örtasidagi mojaro eng yuqori nuqtasiga çiqdi. Maryam Xilkeviçni “ikkiyuzlamaçilik va manipulyatsiya” qilişda, orqadan iş tutib boşqa iştirokçilarni Jenya Yerşovga qarşi qayraşda aybladi. Xilkeviç esa buni rad etib, Maryamning özi villadagi jamoani unga qarşi qayrayotganini aytdi. Yulduzlar örtasidagi bunday keskin aytişuv ijtimoiy tarmoqlarda ikki tomon muxlislarining uruşiga aylanib ketdi.

Bundan taşqari, loyihaning boşqa iştirokçilari, xususan, taniqli bloger Loşa Yanger Maryamning villadagi özini şohona tutişidan norozi böldi. Uning fikriça, Maryam özini haddan taşqari erkatoy tutadi va odamlar bilan göyoki bolaligidan beri buyruq ohangida gaplaşişga odatlangan.
Tomoşabinlarning bir qismi aynan mana şu “kiborlarça” munosabat va villadagi boşqa qatnaşçilarni “yolğonçilar” deb atagani uçun Maryamni tanqid ostiga oldi.
Şuningdek, şouning oltinçi sonida Maryam va Arno loyihadan çiqib ketiş xavfi ostida qoldi, ularga qarşi köpçilik ovoz berdi. Bu natijani kutmagan Maryam yiğlab, xonasiga qamalib oldi va keyingi kuni öziga yaqin bir-ikki kişidan taşqari heç kim bilan gaplaşmay, “boykot” elon qildi. Köpçilik tomoşabinlar buni öyin qoidalarini töğri qabul qila olmaslik va zaiflik deb baholadi.

Maryam Tillayeva 21 iyun kuni özining ijtimoiy tarmoğiga eri bilan birga Turkiyaga jönab ketayotgani haqida post joylab, unda uni qoralovçi odamlarga bir qança yumşoqlik bilan tahdidli ogohlantiriş ham berib ötdi. Uning sözlariga köra, şou va real hayotning farqi bor. U şunçaki öyinda iştirok etgan va u yerdagi muhit uni ruhiy tuşkunlikka tuşirgan. U yana heç kim uni haqorat qilişga xakki yöqligini, lozim bölsa bunga qonuniy javobgarlik borligini eslatib ötgan. U odamlarga şunçaki “bu menga yoqmadi, deb ayting, tuşunaman lekin şaxsiy hayotimga aralaşmang, öz hayotingizda yaşang”, degan. U yana odamlar uçun ijtimoiy muammo emasligini, agar bu haqida gap ketsa nega Falastindagi xunrezliklarga jim qarab turganini eslatib ötgan.
“Şouda iştirok etişim haqida izoh bera olmayman, çunki birinçidan, bu haqiqiy şou emas, balki taşkillaştirilgan şou, xolos. Lekin sönggi 24 soat içida menga mingdan ortiq haqorat va tahdidlar keldi. Bu men haqiqiy hayotda heç qaçon eşitmagan tahdidlar. Döstlar, bu dunyoda mendan boşqa ham juda köp muammolar bor, ijtimoiy muammolar, iqtisodiy muammolar. Agar siz odamlarning farovonligi va ularga bölgan munosabati haqida şunçalik oçiqçasiga gapirsangiz, unda siz Falastin haqida jim turmas edingiz, bu dunyodagi ijtimoiy muammolar haqida jim turmas edingiz. Siz ular haqida gapirmadingiz, lekin şunçaki mening sahifamga kelib bor nafratingizni soçyapsiz. Bu normal holat emas, bu onlayn bezorilik va bunga qarşi odamlarning huquqlarini himoya qiluvçi qonunlar bor”, deydi u.
Maşa Tillayeva bundan bir oy oldin Rossiyaning TNT kanalidagi “Öyin ustasi” realiti-şousining ikkinçi mavsumida iştirok etişini malum qilgandi.
“Men ğoyalar uçun kuraşişga örganib qolganman, ammo “Öyin ustasi” butunlay boşqaça çaqiriq. Bu yerda siz biror narsa uçun emas, balki kimgadir qarşi kuraşasiz. Kim “Men siz bilanman” deb aytişini va bir soatdan keyin sizga qarşi ovoz berişini heç qaçon bilmaysiz”, deydi Tillyaayeva şoudagi iştiroki haqida.
Bu şou mafiya öyiniga öxşab ketadi. Unda qoidalar va stsenariyy yöqligi bilan öziga xos xarakterli. Öyinni suratga oliş işlari Marokaşda bölib ötadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston Respublikasi Birinçi Prezidentining kenja qizi Lola Karimova turmuş örtoği Temur Tillyayev bilan rasman ajraşganini elon qilgani haqida xabar berilgandi.