USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Toşkentda ilk “sport” bekati paydo böldi

67 марта
Тошкентда илк “спорт” бекати пайдо бўлди

Toşkent şahrining Sergeli tumanidagi avtomobil bozori yaqinida joylaşgan va 12 ta avtobus yönalişi ötadigan bekatda vorkaut maydonçasi taşkil etildi. Bu haqda Toşkent şahrida Yöl harakatini taşkil etiş markazi xabar berdi.

Malum qilinişiça, bekat maydoni qisqa muddatli jismoniy maşğulotlar uçun möljallangan sport anjomlari bilan töldirilgan.

“Bunday yondaşuv şahar infratuzilmasi nafaqat harakatlaniş, balki aholining qulayligi, salomatligi va kundalik farovonligi uçun ham yaratilayotganini aks ettiradi. Endi yölovçilar avtobus kutiş vaqtidan yengil maşqlar, tortiliş yoki oddiy jismoniy harakatlar uçun foydalanişlari mumkin”, deyiladi markaz axborotida.

Qayd etilişiça, bunday yeçimlar boşqa şaharlarda ham uçraydi. Xususan, Seul, Pekin, Singapur, Parij, Bogota va Kalida avtobus pavilyonlari turniklar, zinapoyalar va boşqa sport anjomlari bilan jihozlangan kiçik faollik hududlariga aylantirilgan.

YHTEMga köra, bunday obektlar aniq manzillarda – avvalo aholi ziç joylaşgan hududlarda, serqatnov yönalişlar tarmoğiga ega bekatlarda hamda kutiş va faollik hududlarini xavfsiz ajratiş uçun yetarli joy mavjud bölgan yerlarda örnatiladi. Sport maydonçalarini taşkil etişning asosiy şartlari sifatida xavfsizlik, yölovçilar uçun qulaylik, mustahkam konstruksiyalar, muntazam texnik xizmat körsatiş hamda jamoat transporti va piyodalar harakatiga xalaqit qilmaslik keltirilgan.

Takidlanişiça, jamoat transportiga ustuvorlik beriş poytaxt hokimligining asosiy vazifasi bölib, bu iş nafaqat yangi yönalişlar va yölaklarni, balki bir qator qöşimça çora-tadbirlarni ham öz içiga oladi.

“Biz takliflarga oçiqmiz hamda bu kabi vorkaut-bekatlar haqiqatan ham foydali va zarur böladigan yangi manzillarni, şuningdek, ularning jihozlaniş turlarini körib çiqişga tayyormiz”, deyiladi xabarda.

Şuningdek, jamoatçilikdan agar yölovçi oqimi faol bölgan va bunday maydonçani xavfsiz joylaştiriş uçun yetarli joyga ega manzillarni bilsa, takliflarini @codd_taşkent_bot Telegram-botiga yuborişi mumkinligi aytilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkentda avtobus bekatlaridagi dökonlar olib taşlangan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: