Prezident XVJ boşqaruvçi direktorining örinbosarini qabul qildi
Bugun, 29 iyun kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Xalqaro valyuta jamğarmasi “Şveytsariya guruhi”ning navbatdagi yiğilişida iştirok etiş uçun mamlakatga kelgan jamğarma boşqaruvçi direktorining örinbosari Bo Lini qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, uçraşuv avvalida Bo Li davlat rahbariga Xalqaro valyuta jamğarmasi boşqaruvçi direktori Kristalina Georgiyevaning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazgan.
Global moliya bozorlarining bugungi holati va rivojlaniş istiqbollari muhokama qilingan.

Uşbu nufuzli xalqaro institut bilan amaliy hamkorlikni, eng avvalo, ötgan yil sentyabr oyida Nyu-York şahrida Xalqaro valyuta jamğarmasi rahbari bilan ötkazilgan uçraşuvda erişilgan kelişuvlar doirasida yanada mustahkamlaşning asosiy jihatlari körib çiqilgan.
Mamlakatda pul-kredit, valyuta va fiskal siyosatni takomillaştiriş kabi yönalişlarda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlarda jamğarma muhim örin tutişi qayd etilgan.
Makroiqtisodiy siyosat strategiyasi va raqamli tölovlar tizimini rivojlantiriş, kapital harakatini liberallaştiriş, milliy statistika metodologiyasi va davlat daromadlarini boşqarişni takomillaştiriş hamda erkin valyuta ayirboşlaş kursini qöllab-quvvatlaş masalalarida ekspertlik va texnik kömakni yanada kengaytiriş zarurligi takidlangan.
Mamlakat iqtisodiy idoralari uçun kadrlar tayyorlaş dasturlarini rivojlantiriş masalasiga alohida etibor qaratilgan.