USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekistonda birinçi Islomiy moliya kengaşi taşkil etildi

74 марта
Ўзбекистонда биринчи Исломий молия кенгаши ташкил этилди

Özbekistonda Islomiy moliya faoliyati bilan boğliq masalalarni muvofiqlaştiruvçi Markaziy bankning Islomiy moliya kengaşi taşkil etildi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

Qayd etilişiça, kengaş islomiy bank faoliyatini amalga oşiruvçi banklar, islomiy moliyalaştirişga oid xizmatlarni körsatuvçi mikromoliya taşkilotlari, Omonatlarni kafolatlaş agentligi hamda Markaziy bank nazorati ostidagi boşqa taşkilotlar tomonidan amalga oşiriladigan islomiy moliya faoliyatini muvofiqlaştiruvçi Markaziy bankning kollegial organi hisoblanadi.

Malum qilinişiça, kengaş tarkibi Islom huquqi böyiça mutaxassis va texnik ekspert bölgan 5 nafar azodan iborat.

Özbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi boş mutaxassisi Saidjamol Yusufoviç Masayitov Markaziy bankning islomiy moliya kengaşi raisi, Islom huquqi böyiça mutaxassisisi sifatida foliyat olib boradi.

Markaz boş mutaxassisi Muhammadayubxon Homidov esa rais örinbosari etib tayinlangan.

Şuningdek, Fatvo markazi mutaxassislari Hikmatilla Toştemirov va Abdullatif Tursunov hamda Orient Audit Group auditorlik kompaniyasining boşqaruvçi hamkori Axrorjon Sadullayev kengaş azolari bölgan.


Kengaş quyidagi vazifalarni amalga oşiradi:

  • islomiy moliya standartlari loyihalarini islomiy moliya böyiça xalqaro standartlar va mahalliy kontekstni inobatga olgan holda işlab çiqadi;
  • Markaziy bankka islomiy moliya faoliyatini tartibga soliş va nazorat qiliş masalalari yuzasidan xulosa va maslahatlar beradi, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini işlab çiqişda kömaklaşadi, sohada yuzaga keladigan nizolar hamda bahsli masalalar böyiça tuşuntiriş va izohlar beradi;
  • banklar va mikromoliya taşkilotlariga islomiy moliya faoliyati bilan boğliq tavsiyalar va körsatmalar beradi, ular bilan davriy maslahat uçraşuvlarini ötkazadi;
  • Islomiy moliya institutlari uçun buxgalteriya hisobi va audit taşkiloti (AAOIFI)ning yiğilişlarida Markaziy bank nomidan qatnaşadi va zarur hollarda AAOIFI tomonidan işlab çiqilgan hujjatlar loyihalariga öz takliflari va munosabatlarini taqdim etadi.

Regulyatorga köra, kengaş har yili Markaziy bank boşqaruviga öz faoliyati böyiça yillik hisobotni taqdim etadi.

Eslatib ötamiz, 2026 yil 25 mart kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev tanişgan Toşkent xalqaro moliya markazini taşkil etiş, Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi faoliyatini yölga qöyiş hamda bank tizimida islomiy moliya mexanizmlarini joriy qiliş böyiça taqdimotda Özbekiston Markaziy banki huzurida Islomiy moliya kengaşi taşkil etilişi haqida söz borgandi.

Şuningdek, islomiy moliya xizmatlarini körsatuvçi banklarda ham alohida kengaşlar tuzilişi aytilgandi. Uşbu kengaşlar standartlar işlab çiqiş, meyoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlaşda kömaklaşiş, bahsli masalalarga izoh beriş, şartnomalar va içki hujjatlarni körib çiqiş, muvofiqlik ustidan nazoratni taminlaş bilan şuğullanişi malum qilingandi.

Keyinroq, 27 mart kuni “Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga Özbekistonda islomiy bank faoliyatini joriy qilişga qaratilgan qöşimça va özgartirişlar kiritiş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi qonuni bilan mamlakatda rasman islomiy banklar faoliyatining huquqiy asoslari belgilandi. Uşbu qonun bilan Soliq va Fuqarolik kodekslari hamda 7 ta qonunga özgartiriş va qöşimçalar kiritilgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: