Şavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Iqtisodiyot vazirini qabul qildi
Bugun, 17 iyul kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev amaliy taşrif bilan mamlakatga kelgan Ozarbayjon Respublikasi Iqtisodiyot vaziri Mikoyil Jabborovni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, uçraşuv avvalida yuqori martabali mehmon davlat rahbariga Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazgan.
Özbekiston – Ozarbayjon strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini, avvalo, savdo-iqtisodiy sohada yanada rivojlantirişning dolzarb masalalari körib çiqilgan.

Ötgan yilda tovar ayirboşlaş hajmi 15 foizga oşgan, joriy yilning ötgan davrida esa ösiş qariyb 40 foizni taşkil etgan.
Quriliş, energetika, geologiya, logistika, moliya, yoqilği, töqimaçilik, turizm va boşqa tarmoqlarda, şu jumladan, qöşma Investitsiya kompaniyasi iştirokida kooperatsiya loyihalari amalga oşirilmoqda.
Bölajak oliy darajadagi uçraşuvlarning iqtisodiy kun tartibini puxta tayyorlaş muhimligi takidlangan.
Şu manoda, bugun bölib ötgan Hukumatlararo komissiya va Işbilarmonlar kengaşi yiğilişlarining yakunlari yuksak baholangan. Şuningdek, ikki mamlakat hududlari forumi natijador ötişini taminlaş zarurligi qayd etilgan.