Özbekistonda elektr istemoli rekordi yana yangilandi
Özbekistonda keça, 19 iyul kuni anomal issiq havo tasirida yagona energetika tizimining maksimal yuklamasi keçki eng yuqori soatlarda 13,8 gigavattga yetdi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, dam oliş kuni bölişiga qaramay, sutkalik elektr energiyasi istemoli 291,8 million kilovatt-soatni taşkil etgan. Bu ötgan yil yozgi mavsumda qayd etilgan eng yuqori körsatkiçdan 19,2 million kilovatt-soatga yoki 7,04 foizga yuqori bölgan.
Şuningdek, sutkalik elektr energiyasi işlab çiqariş hajmi 295,4 million kilovatt-soatni taşkil etgan. Maksimal yuklama esa joriy yilning 18 iyulidagi körsatkiçdan 100 megavattga yuqori bölib, 13,8 gigavattga yetgan.
Vazirlikka köra, mazkur körsatkiçlar anomal issiq havo şaroitida dam oliş kunlarida ham elektr energiyasiga bölgan talab yuqori darajada saqlanib qolayotganini hamda istemolçilarni uzluksiz elektr energiyasi bilan taminlaş uçun energetika tizimi barqaror işlayotganini körsatadi.
Eslatib ötamiz, anomal issiq sabab Özbekistonda elektr energiyasi istemoli ketma-ket rekordlarni yangilab bormoqda. Xususan, joriy yilning 13 iyul kuni mamlakatda bir sutkada 281,5 million kilovatt-soat elektr energiyasi işlab çiqarilib, istemol hajmi 278,6 million kilovatt-soatni taşkil etgan. 14 iyul kuni yagona energetika tizimida sutkalik elektr energiyasi istemoli 284 million kilovatt-soatga yetib, nafaqat yozgi, balki qişki eng yuqori körsatkiçni ham ortda qoldirgan. 16 iyul kuni Özbekiston yagona energetika tizimida yozgi mavsum uçun sutkalik elektr energiyasi istemoli 291 million kilovatt-soatni taşkil etib, tarixiy rekord qayd etilgan. 17 iyul kuni sutkalik elektr energiyasi istemoli 293,4 million kilovatt-soatni taşkil etib, navbatdagi rekord örnatilgan. 18 iyul kuni esa dam oliş kuni bölişiga qaramay, anomal issiq havo tasirida yozgi mavsum uçun sutkalik elektr energiyasi istemoli 294,4 million kilovatt-soatga yetib, yana bir rekord qayd etilgan.