Özbekistondagi AES qurilişida Belarus tajribasidan foydalaniladi
Bugun, 20 iyul kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Belarus Respublikasi Boş vaziri örinbosari Viktor Karankeviç boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, uçraşuv avvalida yuqori martabali mehmon davlat rahbariga Belarus Prezidenti Aleksandr Lukaşenkoning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazgan.
Özbekiston bilan Belarus örtasidagi strategik şeriklik munosabatlarini yanada kengaytirişning dolzarb masalalari körib çiqilgan.

Mamlakat yetakçisining şu yil 8-9 iyul kunlari Minsk şahriga amalga oşirgan rasmiy taşrifi, eng avvalo, savdo-iqtisodiy sohada samarali natijalar bergani mamnuniyat bilan qayd etilgan.
Tovar ayirboşlaş hajmini 2 milliard dollarga yetkaziş hamda iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini ilgari suriş maqsadida qabul qilingan çora-tadbirlar rejasini öz vaqtida amalga oşiriş muhimligi takidlangan.
Mamlakatda birinçi atom elektr stantsiyasi va turdoş infratuzilmani barpo etişda Belarus tajribasidan foydalaniş masalalariga alohida etibor qaratilgan.
Bölajak atom elektr stantsiyasini loyihalaş, quriş va ekspluatatsiya qiliş jarayonlarini ekspertlik jihatidan qöllab-quvvatlaş, soha uçun milliy kadrlarni tayyorlaş hamda tegişli oliy talim muassasalari örtasida qöşma dasturlarni yölga qöyiş şular jumlasidan.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 8-9 iyul kunlari Şavkat Mirziyoyev rasmiy taşrif bilan Belarusda böldi va mamlakat Prezidenti Aleksandr Lukaşenko bilan muzokara ötkazdi. Muzokaralar yakunida yetakçilar Strategik şeriklik munosabatlarini örnatiş töğrisidagi deklaratsiyani imzoladi.