USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Tolibon” AQŞga Afğonistonga qaytişni taklif qildi

211 марта
“Толибон” АҚШга Афғонистонга қайтишни таклиф қилди

Afğonistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumati AQŞni Afğonistondagi diplomatik iştirokini qayta tiklaşga va mamlakat iqtisodiyotiga investitsiya kiritişga çaqirmoqda. Bu haqda Afğoniston taşqi işlar vaziri Amir Xon Muttaqiy “The New York Times” naşriga bergan intervyusida malum qildi.

Uning sözlariga köra, Vaşington Qobulda diplomatik iştirokini saqlab qolişi hamda foydali qazilmalarni qazib oliş, töğonlar va yöllar qurilişiga mablağ ajratişi mumkin.

“Biz uruş bobi yopilgan deb hisoblaymiz va bundan buyon özaro hurmatga asoslangan munosabatlarni hamda ijobiy hamkorlikning yangi bobini xohlaymiz”, deydi Muttaqiy.

Şu bilan birga, vazirning aytişiça, Afğoniston rasmiylari mamlakatda Amerika harbiy iştiroki qayta tiklanişini istamaydi.

Biroq Vaşington “Tolibon” vazirining ğoyasini rad etgan. Xususan, AQŞ Davlat departamenti “Tolibon” terrorizmga qarşi kuraş böyiça öz majburiyatlarini bajarmaganini malum qilgan. Munosabatlarning yaqinlaşişiga ayollar va qizlarning taqib qilinişi, Amerika fuqarolarining uşlab turilişi hamda toliblarning qoldirib ketilgan Amerika qurollarini qaytarişdan boş tortayotgani ham tösqinlik qilmoqda.

Ekspertlarning fikriça, litiy, mis va temir madani zaxiralaridan foydalaniş imkoniyati AQŞning Xitoy va Rossiya bilan raqobati fonida Trampni qiziqtirişi mumkin. Biroq ular hozirça Afğonistonda Amerikaning töliq diplomatik iştiroki qayta tiklanişini deyarli imkonsiz deb hisoblaydi.

Eslatib ötamiz, AQŞ Qurolli kuçlari 2021 yil 31 avgustda Afğonistonni töliq tark etib, uşbu mamlakatdagi 20 yillik harbiy iştirokini yakunlagan edi. AQŞning Qobuldagi elçixonasi öz faoliyatini 2021 yil 15 avgustda, “Tolibon” harakatining hujumi fonida Amerika diplomatlarining şoşilinç evakuatsiya qilinişi boşlanganda töxtatgan. Diplomatik missiya vaqtinça Qatar poytaxti Dohaga köçirilgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: