Köça bandasi yetakçisi Tupakning ölimida aybdor deb topildi
Bugun, 1 sentyabr kuni kuni Las-Vegasdagi sudyalar hayati sudi “South Side Compton Crips” tödasi yetakçisi, 63 yoşli Dueyn “Kiffi Di” Devisni reper Tupak Şakurning öldirilişi böyiça aybdor deb topdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Qayd etilişiça, Devis öt oçar qurolni qöllagan holda qotillik sodir etganlikda aybdor deb topilgan. Bu qaror unga nisbatan 11 kun davom etgan sud jarayonining yakuni bölgan. Hukm 13 oktyabr kuni elon qilinadi. Devisga şartli ravişda muddatidan ilgari ozod qiliş huquqisiz umrbod ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlanişi kutilmoqda. Uning özi esa sudda uşbu qaror ustidan şikoyat qilişni rejalaştirayotganini aytgan.
Malumot uçun, Tupak Şakur 1996 yil 7 sentyabr oqşomida Las-Vegasda otib ketilgan. Hujumdan biroz oldin reper va uning “Death Row Records” leybli rahbari Merion “Şug” Nayt Devisning jiyani va “South Side Compton Crips” tödasi azosi Orlando “Baby Lane” Anderson bilan muştaşgan. Bu töda kengroq tanilgan “Crips” tödalar tarmoğiga kiradi, Dueyn Devis esa uning Los-Anjeles atrofidagi “bölimi” rahbari bölgan.
Taxminlarga köra, Devis Tupakning öldirilişini qasos sifatida rejalaştirgan. Reperga içida “Kiffi Di” ham bölgan oq rangli “Kadillak”dan bir neça bor öt oçilgan. Tupak bir neçta jarohat olib, şifoxonada vafot etgan.
“Reuters”ning qayd etişiça, politsiya ançadan beri Devisni qotillikda şerik deb gumon qilgan, ammo unga aniq ayblov qöya olmagan. 2019 yilda u öz memuarlarini naşr ettirganidan söng iş joyidan jilgan va tergov qayta boşlangan. Kitobda Devis hujum paytida “Kadillak”da bölganini va orqa örindiqda ötirganlarga töponçani uzatganini aytib bergan.
Dueyn “Kiffi Di” 2023 yilda hibsga olingan. Uning himoyasi Devisning memuarlari “hujjatli emas, balki badiiy asar” bölgani uçun ayblovga asos böla olmasligini takidlamoqda.
Öt oçgan qotilning şaxsi hanuzgaça nomalum. Maşinada bölganlarning hammasi, Devisdan taşqari, hozirga kelib vafot etgan, biroq Nevada ştati qonunlariga köra, Devis tepkini özi bosmagan bölsa ham, unga qotillik ayblovi qöyilişi mumkin.