USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Malumotlarni boşqariş komissiyasi tuziladi

132 марта
Маълумотларни бошқариш комиссияси тузилади

Özbekistonda Malumotlarni boşqariş komissiyasi taşkil etiladi. Bu haqda bugun, 2 sentyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev tanişgan aholi va qişloq xöjaligini röyxatga oliş yakunlari hamda milliy statistika tizimida islohotlarni jadallaştirişga qaratilgan takliflar taqdimotida söz boradi.

Qayd etilişiça, taqdimotda Milliy statistika tizimini 2030 yilgaça rivojlantiriş böyiça rejalar körib çiqilgan. Tadbirkorlar taqdim etadigan hisobot yukini 20 foizga qisqartiriş, mamuriy va muqobil malumotlar manbalari sonini 1,7 barobar oşiriş, ularga işlov beriş vaqtini 20 foizga va xarajatlarni 25 foizga kamaytiriş maqsad qilingan.

Malumotlarni boşqariş böyiça yagona yondaşuvni şakllantiriş maqsadida vazirlik va idoralar iştirokida Malumotlarni boşqariş komissiyasini taşkil etiş taklif qilingan.

Komissiya joriy yil 1 dekabrga qadar davlat organlari va taşkilotlaridagi malumotlarni boşqariş tizimlarini töliq xatlovdan ötkazadi, 2027 yil 1 maygaça ularni takomillaştiriş böyiça çora-tadbirlar rejasini tasdiqlaydi.

2027 yil 1 iyulga qadar Milliy malumotlar platformasini işga tuşiriş rejalaştirilgan. Platforma malumotlarni yagona tizimga integratsiya qiliş, ularning sifati va xavfsizligini taminlaş, tahlil va zamonaviy raqamli xizmatlarni rivojlantirişga xizmat qiladi. Şuningdek, Oçiq malumotlar bilan işlaş böyiça loyiha ofisini taşkil etiş va davlat idoralari uçun “Oçiq malumotlar reytingi”ni joriy qiliş taklif etilgan.

Statistika sohasida kadrlar tayyorlaş va tadqiqotlarni kengaytiriş maqsadida Malumotlarga asoslangan boşqaruv maktabini taşkil etiş rejalaştirilmoqda. Unda davlat idoralari, biznes, statistika organlari, ommaviy axborot vositalari, tadqiqotçilar va talabalar uçun malumotlarni boşqariş, biznes-tahlil, suniy intellekt, malumotlar jurnalistikasi va vizualizatsiya böyiça öquv dasturlari yölga qöyiladi.

Milliy statistika tizimida raqamli texnologiyalardan foydalaniş ham kengaytiriladi. 2027 yil 1 iyulga qadar statistik malumotlar suniy intellekt tizimlari öqiy oladigan formatlarda elon qilinadi. Statistik körsatkiçlarni taqqoslaş va çuqur tahlil qiliş imkonini beruvçi suniy intellekt agentlari joriy etiladi. 2027 yil yakuniga qadar aholi, demografiya, qişloq xöjaligi, infratuzilma va hududiy rivojlanişga oid malumotlar geofazoviy raqamli xaritalarda aks ettiriladi.

Şuningdek, 2027-2028 yillarda Multiindikator klaster kuzatuvining yettinçi raundini ötkaziş hamda Xalqaro valyuta jamğarmasi iştirokida milliy statistika tizimining xalqaro standart va kodekslarga muvofiqligini baholaş rejalaştirilgan.

Taqdimotda “Statistikani rivojlantiriş – 2030” milliy strategiyasi loyihasi ham körib çiqilgan. Unda statistika tizimini muvofiqlaştiriş va malumotlar sifatini taminlaş, xalqaro standart va metodologiyalarni joriy etiş, raqamli transformatsiya, mamuriy va muqobil malumotlardan keng foydalaniş hamda foydalanuvçiga yönaltirilgan oçiq statistikani rivojlantiriş ustuvor yönalişlar etib belgilangan.

Davlat rahbari aniq, tezkor va işonçli statistika davlat siyosatini belgilaş, hudud va tarmoqlarni rivojlantiriş böyiça töğri qarorlar qabul qilişning muhim şarti ekanini takidlagan.

Mutasaddilarga röyxatga oliş natijalarini çuqur tahlil qilib, davlat dasturlarida keng qöllaş, biznesni röyxatga oliş tadbirini sifatli uyuştiriş, malumotlarni boşqarişning yagona tizimini joriy qiliş hamda milliy statistika tizimini xalqaro standartlar asosida izçil rivojlantiriş böyiça topşiriqlar berilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda joriy yilning 15 oktyabridan 30 noyabriga qadar biznesni röyxatga oliş tadbirini ötkazilişi haqida xabar berilgan edi. 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: