Özbekiston PISA reytingida 32 poğona yuqoriladi
Özbekiston dunyo böylab 91 ta talim tizimi qatorida Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot taşkiloti (OECD) tomonidan ötkaziladigan PISA 2025 xalqaro tadqiqotida ikkinçi bor iştirok etdi.
Tabiiy fanlar böyiça Özbekiston öquvçilari 438 ball töplab, 91 ta davlat va talim tizimi orasida 48-örinni egallagan. Taqqoslaş uçun, PISA 2022 da tabiiy fanlar böyiça natija 355 ball va 80-örinni taşkil etgan. Şu tariqa, 2025 yilda natija qariyb 83 ballga oşgan.
Xalqaro taşkilot tasodifiy reprezentativ tanlov asosida respublika böylab jami 233 ta maktabni tanlab oldi. Tadqiqotda 15 yoşli 8 652 nafar öquvçi iştirok etdi.
Ilk bor 2022 yilgi tadqiqotda Özbekistonning 202 ta maktabidan 7 293 nafar öquvçi qatnaşgan.
Natijalarga köra, Özbekiston tomonidan iştirok etuvçi öquvçilar hamda qamrab olingan maktablar soni ötgan safargiga nisbatan oşgan. Tadqiqotda öquvçilarning matematika, tabiiy fanlar, öqiş va raqamli savodxonlik sohalaridagi darajasi baholanadi. PISA 2025 da tabiiy-ilmiy savodxonlik ustuvor soha sifatida belgilangan.
Malumot uçun, PISA xalqaro tadqiqotlari 2000 yildan buyon har 3 yilda bir marotaba ötkazib kelinadi.