Namangandagi rezina tsexiga öt ketdi
Bugun, 8 sentyabr kuni Namangan viloyatidagi rezina işlab çiqariş tsexida yonğin sodir böldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, FVBga Davlatobod tumanidagi “Xalqlar döstligi” mahallasida joylaşgan tsexning tom qismi yonayotgani haqida xabar kelib tuşgan. Yonğin-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga yetib borib, soat 17:00 da yonğinni qurşab olgan. Yonğin soat 17:55 da töliq öçirilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar haqida malumot kelib tuşmagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahrining Yangi Toşkent tumani hududidagi quriliş obektining yuqori qismida yonğin sodir bölgan edi.