Yunusobodda maktab öquvçilari örtasida janjal çiqdi
Toşkent şahrining Yunusobod tumanida umumtalim maktabi öquvçilari örtasida janjal çiqdi. Bu haqda Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, keça, 7 sentyabr kuni soat 13:20 larda öquvçilar darsdan söng uyiga qaytayotgan vaqtda “Şoştepa” mahallasidagi köp qavatli uylar oldida özaro tortişib qolgan. 2009 yilda tuğilgan I.Z., F.F., U.B. hamda 2011 yilda tuğilgan N.Y. janjallaşib, jamoat tartibini buzgan. Voqea joyida bölgan maktabning boşqa öquvçilari aralaşib, ularni tinçlantirgan va janjalning yanada jiddiy tus olişiga yöl qöymagan.
Holat yuzasidan öquvçilar talim olayotgan maktabda tuman IIO FMB boşliği, polkovnik Mahkam Vafoyev iştirokida muhokama ötkazilgan. Unda voyaga yetmaganlar, ularning ota-onalari va maktab rahbariyati qatnaşgan.
Muhokama yakunlariga köra, jamoat tartibini buzgan voyaga yetmaganlarning ota-onalariga nisbatan Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 41-moddasi (bolalarni tarbiyalaş va ularga talim beriş borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) asosida mamuriy bayonnoma rasmiylaştirilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahridagi 151-maktabning yuqori sinf öquvçilari 3-sinf öquvçisiga temir braslet yedirgani haqida xabar berilgan edi.