USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Turkiy davlatlar aeroportlarda maxsus tizim joriy qilmoqçi

76 марта
Туркий давлатлар аэропортларда махсус тизим жорий қилмоқчи

Turkiy davlatlar taşkiloti (TDT) mamlakatlari aeroportlardagi pasport nazorati bilan boğliq yangi tizimni amaliyotga joriy etişga tayyorgarlik körmoqda. Uşbu tartib kuçga kirsa, Yevropa Ittifoqi (EI) mamlakatlaridagi kabi turkiy davlatlar fuqarolari uçun alohida nazorat punkti taşkil etiladi. Bu haqda “Turizm Güncel” xabar berdi.

Qayd etilişiça, bu orqali TDT mamlakatlari örtasida sayohat qiluvçilarning aeroportlardagi nazorat punktlaridan yanada tezroq ötişi taminlanadi. Işlab çiqilayotgan modelga köra, TDT mamlakatlari fuqarolari uşbu amaliyot joriy etilgan aeroportlarda aynan ular uçun ajratilgan pasport nazorati punktlaridan foydalanişlari mumkin böladi. Rejalaştirilayotgan amaliyot Yevropa Ittifoqi mamlakatlari aeroportlarida qöllaniladigan modelning muqobili böladi.

Yangi tizim böyiça dastlabki işlar joriy yilning 12 sentyabr kuni Qozoğiston poytaxti Ostona şahrida ötkazilgan Turkiy davlatlar taşkilotining Içki işlar vazirlari 3-yiğilişidan söng elon qilingan.

Turkiya Içki işlar vaziri Mustafo Çiftçi azo mamlakatlar örtasidagi safarlarni yengillaştirişga qaratilgan işlar olib borilayotgani va aeroportlarda alohida pasport nazorati punktlarini taşkil etiş kun tartibida turganini malum qilgan.

Uşbu tartibning birinçi bölib qaysi mamlakatda qöllanilişiga hali töliq aniqlik kiritilgani yöq. Tizimning barça azo mamlakatlarda bir vaqtning özida yoki bosqiçma-bosqiç joriy etilişi ham hozirça nomalum. Amaliyot kuçga kiradigan sana ham hali aniq emas. Işlar yakunlangaç, tizimning qamrovi va aeroportlardagi amaliyotga oid tafsilotlar elon qilinişi kutilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Turkiya Içki işlar vaziri Mustafo Çiftçi Qozoğistonda bölib ötgan Turkiy davlatlar taşkiloti Içki işlar vazirlarining 3-yiğilişida turkiy davlatlar örtasida xavfsizlik va jinoyatçilikka qarşi kuraş sohasidagi hamkorlikni rivojlantiriş masalalari muhokama qilinganini malum qilib, u yiğilişda Interpol va Yevropolga öxşaş Turkpol nomli taşkilot tuzişni taklif qilganini bildirgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: