USD: 11,935 söm ▲ EUR: 13,432 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,094 söm ▲ CNY: 1,789 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,250 söm ▲ USD: 11,935 söm ▲ EUR: 13,432 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,094 söm ▲ CNY: 1,789 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,250 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Qaşqadaryoda 2300 yillik ossuariy topildi

94 марта
Қашқадарёда 2300 йиллик оссуарий топилди

Qaşqadaryo viloyatining Qamaşi tumanidagi Odirmon yodgorligida miloddan avvalgi III asrdan milodiy III asrgaça bölgan davrga oid qadimiy otaşgoh va inson suyaklarini saqlaş uçun möljallangan ossuariy topildi. Bu haqda “La Brújula Verde” xabar berdi.

Qayd etilişiça, yodgorlikda muntazam arxeologik tadqiqotlar joriy yilda Samarqand Arxeologiya instituti ilmiy xodimi Sanjar Abdurahimov rahbarligida boşlangan. Tadqiqotlar davomida majmuaning şimoli-şarqiy qismidan balandligi qariyb 70 santimetr, kengligi esa 90 santimetr bölgan otaşgoh aniqlangan. Unda bir neça qatlamli loy suvoq qoldiqlari saqlanib qolgan.

Otaşgoh yaqinidan esa ossuariy – inson suyaklarini saqlaş uçun işlatilgan sopol idiş topilgan. Uning yuzasi kiyik va arça, yani Turkiston arçasi tasvirlari bilan bezatilgan. Mutaxassislar naqşlarning aniq manosini restavratsiya işlari yakunlangaç aniqlaşni rejalaştirmoqda.

Otaşgoh va ossuariyning bir joydan topilgani mazkur majmua zarduştiylik ananalari bilan boğliq dafn marosimlariga aloqador bölişi mumkinligini körsatmoqda. Uşbu etiqodga köra, marhumlarning jasadlari kömilmagan yoki kuydirilmagan, suyaklar tozalanggaç, maxsus idişlarga joylaştirilgan.

Agar Odirmon yodgorligining sanasi tasdiqlansa, topilma Söğd va Xorazm hududlarida bezakli ossuariylar keng tarqalişidan bir neça asr oldingi dafn marosimlari haqida malumot berişi mumkin.

Arxeologlar Odirmon yodgorligining vazifasi va majmuaning tarixiy maqomini aniqlaşga yordam beradigan qazişma işlarini davom ettirmoqda. Madaniy meros agentligi mazkur topilmalar mintaqaning qadimgi aholisi diniy etiqodlari va dafn marosimlarini örganişda muhim manba bölişini qayd etgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Samarqand viloyatining Urgut tumanidagi Qörğontepa yodgorligida olib borilgan arxeologik qazişmalar vaqtida ilk asrlarga oid gips haykalning boş qismi topilgani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: