Jizzaxda yangi toş davriga oid makonlar va 30 ga yaqin petroglif topildi
Jizzax viloyatining Zomin va Şarof Raşidov tumanlarida olib borilgan arxeologik qidiruvlar davomida toş davriga oid yangi makonlar hamda 30 ga yaqin qoyatoş tasviri aniqlandi. Bu haqda Madaniy meros agentligi xabar berdi.
.png)
Malum qilinişiça, joriy yil sentyabr oyida Madaniy meros agentligi hamda Ya. Ğulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti xodimlari tomonidan hududlarda dala-qidiruv işlari olib borilgan.
.png)
Tadqiqotlar davomida Zomin tumanidagi Aççi qişloğining şarqiy qismida paleolit, Peşağor qişloğida esa neolit davriga oid makonlar aniqlangan. Şuningdek, Aççi qişloğining ğarbiy qismi va Arja qişloği hududlarida neolit davriga mansub topilmajoylar qayd etilgan.
.png)
Mutaxassislarning dastlabki xulosalariga köra, bir hududda paleolit va neolit davrlariga oid yodgorliklarning topilişi qadimgi jamoalar Zomin vohasi va Turkiston tizmasining uşbu qismida uzoq vaqt davomida yaşab, undan muntazam foydalanganini körsatadi.
.png)
Bundan taşqari, Şarof Raşidov tumanining Ravot qişloği hududida, Ravotsoyning çap sohilida yangi qoyatoş suratlari majmuasi topilgan. Yetti dona slanets qoyatoş yuzasida jami 30 ga yaqin petroglif qayd etilgan.
Tasvirlar orasida ovçi, toğ eçkisi, qoramol, it, quyoşsimon belgi va kamondan öq uzayotgan ovçi aks etgan. Dastlabki tahlillarga köra, petrogliflar bronza davridan ilk örta asrlargaça bölgan davrga oid.
Qayd etilişiça, yangi topilmalar Jizzax vohasi va Turkiston tizmasining qadimgi tarixini, jumladan, bu hududlarda yaşagan jamoalarning turmuş tarzi, tarqalişi va madaniy jarayonlarini örganişda muhim ilmiy manba hisoblanadi. Kelgusida uşbu yodgorliklarda keng kölamli tadqiqotlar ötkazilib, topilmalar davrlaştiriladi va ilmiy hujjatlaştiriladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Qaşqadaryo viloyatining Qamaşi tumanidagi Odirmon yodgorligida miloddan avvalgi III asrdan milodiy III asrgaça bölgan davrga oid qadimiy otaşgoh va inson suyaklarini saqlaş uçun möljallangan ossuariy topilgandi.