USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Senator Özbekistonda pedofillarni kastratsiya qilişni taklif etdi

180 марта
Сенатор Ўзбекистонда педофилларни кастрация қилишни таклиф этди

“Nuroniy” jamğarmasining Toşkent şahar bölimi raisi, senator Rustam Kalonov Özbekistonda pedofillarni kastratsiya qilişni taklif etdi. Bu haqda u bugun, 2 oktyabr kuni Oliy Majlis Senatining 20-yalpi majlisida söz oçdi.

Uşbu majlisda senatorlar tomonidan “Bolalarni zöravonlikning barça şakllaridan himoya qiliş tizimi takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonun körib çiqildi va maqullandi. Muhokama jarayonida senator Rustam Kalonov pedofillarni kastratsiya qiliş taklifini örtaga taşladi. 

“Bir xil davlatlarda hattoki şunaqa kasal insonlar (pedofillar – tahr.), ayniqsa kiçkina, jajji qizlar bilan jinsiy aloqa qilganlar xirurgik aralaşuv – kastratsiya qilinadi. Şunaqa narsalarga ham boradida, negaki, ular yana şu jinoyatini qaytarişi mumkin. Şunga biz yöl qöymasligimiz kerak. Mening taklifim şu, agar qöşimça qiliş bölsa, yaxşi bölardi”, deydi senator.

Bunga javoban senat raisi Tanzila Norboyeva hozirgi qabul qilinayotgan qonun qanday işlaşini köriş kerakligini, şundan keyin u takomillaştirilişi mumkinligini bildirgan.

“Oxirgi ön yillikda biz zöravonlik bilan kuraşiş masalasi, zöravonlik degan iboralar haqida gapirib, bemalol çoralarni belgilaydigan böldik. Bu ham bölsa, hurmatli Prezidentimizni mana şu masalalarga hammamizni toqatsizlik munosabatda bölişimiz, bolalarni himoya qiliş, ayollarni himoya qiliş böyiça bergan topşiriqlari asosida bölyapti. Albatta, xabaringiz bor, mana uç yil oldin ayollar böyiça qonun qabul qilganmiz. Undan keyin mana ötgan yili bolalar böyiça... Har yili takomillaştirib boryapmiz. Bu qonunda ham hozir köraylik, qanaqa işlaydi. Ana undan keyin takomillaştirişni davom etaveramiz”, deydi Tanzila Norboyeva.

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda 14 yoşga tölmagan bolalarga nisbatan sodir etilgan nomusga tegiş va jinsiy ehtiyojni zörlik işlatib ğayritabiiy usulda qondiriş jinoyatlari uçun 25 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş yoki umrbod ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlanişini nazarda tutuvçi qonun senatorlar tomonidan maqullanib, imzolaş uçun Prezidentga yuborilgani haqida xabar berilgan edi.

Namangandagi boğçada fojia

Avvalroq, Namangan viloyatidagi boğçada ombor mudiri 5 yaşar tarbiyalanuvçini zörlagani haqida xabar berilgan edi. Mazkur holat yuzasidan Uçqörğon tumani IIB Tergov bölimi tomonidan joriy yilning 12 sentyabr kuni Jinoyat kodeksining 118-moddasi (Nomusga tegiş) 4-qismi va 112-moddasi (Öldiriş yoki zörlik işlatiş bilan qörqitiş) 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Uşbu jinoyatni sodir etişda gumonlanayotgan K. M. protsessual tartibda uşlangan va unga nisbatan sud tomonidan qamoq ehtiyot çorasi qöllanilgan. Hozirda jinoyat işi böyiça dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Bundan taşqari, yşbu voqea ortidan Özbekistondagi boğçalarda xodimlarni tekşiriş boşlangandi hamda yuz bergan köngilsiz holatni atrofliça örganiş, masullarning xizmat vazifasiga loyiqligini körib çiqiş böyiça Maktabgaça va maktab talimi vazirligi tomonidan Işçi guruh tuzilgandi. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani Maktabgaça va maktab talimi vazirligiga taqdimnoma kiritgan. Mazkur holat böyiça tergovni Boş prokuror Niğmatilla Yöldoşev şaxsan nazoratga olgan.

Şuningdek, Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 5 yaşar qizni zörlagan ombor mudiriga maksimal oğir jazo berilişini bildirgan edi. Namangandagi 5 yaşar qizaloq bilan boğliq fojia ortidan uning oilasi boşqa şaharga köçirilib, ularga uy-joy va zarur reabilitatsiya xizmatlari körsatilişi ham malum qilingan. Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinçi örinbosari Şahnoza Mirziyoyeva va Bolalar ombudsmani bolalarga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etgan şaxslarga umrbod ozodlikdan mahrum qiliş jazosini joriy etiş taklifini ilgari surdi. Keyinroq Özbekistonda bolalarga nisbatan zöravonlik sodir etganlik uçun javobgarlikni keskin kuçaytirişga qaratilgan qonun loyihasi Qonunçilik palatasiga kiritildi. Oliy Majlis Qonunçilik palatasi “Bolalarni zöravonlikning barça şakllaridan himoya qiliş tizimi takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qöşimça va özgartirişlar kiritiş töğrisida”gi qonun loyihasini birinçi va ikkinçi öqişda maqulladi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: