Şavkat Mirziyoyev Daniya Taşqi işlar vazirini qabul qildi
Bugun, 2 oktyabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev mamlakatga rasmiy taşrif bilan kelgan Daniya Qirolligi Taşqi işlar vaziri Lars Lyokke Rasmussenni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, Özbekiston – Daniya munosabatlarini siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda kengaytirişning amaliy jihatlari körib çiqilgan.
Ikki tomonlama hamkorlik sezilarli darajada faollaşgani mamnuniyat bilan qayd etilgan. Ötgan yili Daniyaga Özbekistonning qarorgohi Stokgolm şahrida bölgan ilk elçisi tayinlangan. Joriy yilda Daniya Markaziy Osiyo böyiça maxsus vakilini tayinlagan.

Sönggi yillarda özaro tovar ayirboşlaş hajmi qariyb beş barobar oşgan. Daniyaning yetakçi kompaniyalari iştirokida Özbekistonda toğ-kon, kimyo va oziq-ovqat sanoati, qişloq xöjaligi, suv taminoti hamda boşqa sohalarda qöşma loyihalar amalga oşirilmoqda.
Özaro savdo hajmini yanada oşiriş, Daniya investitsiyalari, ilğor texnologiyalari va nou-xaularini energetika, farmatsevtika, transport va logistika, agrosanoat majmui hamda boşqa istiqbolli yönalişlarga jalb etiş muhimligi takidlangan.
Talim, madaniyat va turizm sohalarida aloqalarni rivojlantiriş uçun salmoqli salohiyat mavjudligi qayd etilgan.
Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almaşilgan.
Uçraşuv yakunida hamkorlikni tizimli ravişda kengaytiriş uçun institutsional va şartnomaviy-huquqiy asoslarni yanada mustahkamlaş yuzasidan kelişuvga erişilgan.