Banklarga kreditning oqibatlari haqida oldindan ogohlantiriş talabi qöyildi
Özbekistonda banklar endi kreditning oqibatlari haqida oldindan ogohlantirişi talab etiladi. Bu haqda Markaziy bank boşqaruvining “Özbekiston Respublikasi Markaziy banki boşqaruvi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga qöşimçalar kiritiş haqida”gi qarorida söz boradi.
Nima özgaradi?
- banklar kredit reklamasida qarzni öz vaqtida tölamaslik xavfli ekani haqida ogohlantiriş berişi talab etiladi;
- bu ogohlantiriş reklamaning kamida 10 foizini egallaydi (rasm, video yoki audio reklamada);
- kredit şartnomasining birinçi sahifasida ham ogohlantiriş böladi – sahifaning kamida 30 foizi;
- ogohlantirişda qarz tölanmasa, qarz oluvçiga nisbatan nima bölişi mumkinligi haqidagi oqibatlar körsatiladi: qarz köpayadi, mol-mulk va hisobvaraqlardagi pulga undiruv qaratiladi, kredit tarixi buziladi;
- mijozni çalğituvçi kredit mahsuloti uçun bankka nisbatan çora va sanktsiyalar qöllanadi.
Uşbu özgartirişlar istemolçilarning kredit olişdan oldin uning xatarlari va qarzni öz vaqtida tölamaslik oqibatlari haqida aniq va tuşunarli malumotga ega bölişini taminlaydi. Bu esa fuqarolarning öz imkoniyatlarini töğri baholab, öylab qaror qabul qilişiga, ortiqça qarz yuki va muddati ötgan qarzdorliklar kamayişiga, banklarning reklama va kredit mahsulotlarida oçiq bölişiga va istemolçilar uçun töğri malumotlar berişga hamda mamlakatda masuliyatli qarz oliş madaniyatini şakllantirişga xizmat qiladi.
Hujjat adliya vazirligida joriy yilning 30 sentyabr kuni 3948-son bilan davlat röyxatidan ötkazilgan va rasmiy elon qilingan kundan etiboran bir oydan keyin kuçga kiradi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida özgarişsiz qoldirgani haqida xabar berilgan edi.