Urganç davlat universitetida yangi öquv yili boşlandi
7-09-2026, 17:13
209 марта
Urganç davlat universitetida yangi öquv yili boşlandiBugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganç davlat universitetida 2026–2027-öquv yilining boşlanişi munosabati bilan tantanali marosim bölib ötdi.
Tantanali marosimni universitet rektori Feruza Madraximova oçib berdi va yangi öquv yili ostonasida turgan talabalarni samimiy muborakbod etdi. Rektor öz tabrigida talabalik — inson hayotidagi eng unutilmas va masuliyatli davrlardan biri ekanini takidlab, yoşlarni bilim olişga, izlanişga, Vatanga sadoqat bilan xizmat qilişga va universitet şanini munosib himoya qilişga çorladi.
Marosimda universitetning faxriy ustozlari bilan birga Özbekiston Qahramoni Anora Mahmudova ham iştirok etib, talabalarni yangi öquv yilining boşlanişi bilan samimiy tabrikladi. U yoş avlodga talim va kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, ilmiy izlanişlarida yuksak natijalar tiladi.
Tadbir davomida talabalikka tavsiya etilgan 1-bosqiç talabalari tomonidan «Talabalik qasamyodi» qabul qilindi.
Talabalik maqomingiz muborak bölsin, aziz yoşlar!







