“Trastbank” Şimoliy Amerikadagi “BMO Bank”da AQŞ dollaridagi tölovlar uçun vakillik hisobvarağini oçdi
“Trastbank” Şimoliy Amerikadagi “BMO Bank” (Bank of Montreal)da AQŞ dollari tölovlari uçun vakillik hisobvarağini oçdi
“Trastbank” xususiy aktsiyadorlik banki AQŞ dollaridagi tölovlar uçun Şimoliy Amerikadagi yirik banklardan biri “BMO Bank” (Bank of Montreal)da vakillik hisobvarağini oçdi. Bu “Trastbank” XAB va Amerikaning “OWNY INC” kompaniyasi örtasida xizmatlar körsatiş töğrisidagi Boş kelişuv bilan tasdiqlangan uç tomonlama innovatsion sxemaning joriy etilişi natijasida amalga oşirildi.
Uşbu amaliyot “Trastbank”ka xalqaro tölov imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiriş, AQŞ dollaridagi operatsiyalarni optimallaştiriş hamda mijozlarga transçegaraviy amaliyotlarda tezlik va işonçlilikni kafolatlaş imkonini beradi. Şuningdek, bankning xalqaro standartlarga töliq javob berişini va şaffofligini namoyon etadi.
1817 yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan Kanadadagi eng qadimgi transmilliy banklardan biri bölmiş “BMO Financial Group” (Bank of Montreal) tarkibiga kiradigan “BMO Bank” konsolidatsiyalangan aktivlari hajmi 1,54 trln AQŞ dollaridan oşadi. Şimoliy Amerikadagi eng yirik banklar orasida 8-örinni egallaydi. AQŞ bozorida “BMO Bank” mamlakatdagi eng yirik 15 ta tijorat banki orasida kuçli strategik mavqega ega. Uşbu moliya muassasasining yuqori darajadagi işonçliligi yetakçi xalqaro reyting agentliklari – Fitç (AA-), Moody's (Aa2) va S&P (A+) tomonidan tasdiqlangan. “BMO Bank” xalqaro “Global Finance” naşri tomonidan Şimoliy Amerikada tranzaktsion bank xizmatlarini körsatuvçi yetakçi taşkilot sifatida etirof etilgan.
Malumot örnida, “Trastbank” XAB bugungi kunda Germaniya (Commerzbank AG), Avstriya (Raiffeisen ban International), Xitoy (Yinzhou Bank, Çina Zheşang Bank), Qozoğiston (Halyk Bank) va boşqa mamlakatlardagi yetakçi xorijiy banklar bilan barqaror vakillik aloqalarini yuritib kelmoqda.