Hormuz böğozi orqali yuk taşiş keskin kamaydi
9-05-2026, 13:42
53 марта
Hormuz böğozi orqali yuk taşiş keskin kamaydiDunyodagi eng muhim dengiz savdo yöllaridan biri hisoblangan Hormuz böğozi orqali yuk taşiş hajmi keskin kamaygani malum qilinmoqda.
The Wall Street Journal naşri xabariga köra, 5 may sanasidan buyon rasman röyxatdan ötgan xalqaro kompaniyalarga tegişli birorta ham tijoriy kema mazkur böğoz orqali harakatlanmagan.
Manbada aytilişiça, sönggi harakatlar asosan Eronga tegişli “soya flot” kemalari yoki mahalliy kiçik savdo kemalari bilan boğliq bölgan.
Mutaxassislar fikriça, Hormuz böğozidagi faollikning pasayişi xalqaro savdo va neft bozoriga jiddiy tasir körsatişi mumkin. Çunki dunyo neft eksportining katta qismi aynan şu dengiz yöli orqali amalga oşiriladi.
Hozirça yuk taşiş hajmining keskin kamayişiga oid rasmiy izohlar berilmagan. Ammo tahlilçilar mintaqadagi geosiyosiy keskinlik va xavfsizlik bilan boğliq vaziyatlar bunga sabab bölişi mumkinligini takidlamoqda.