AQŞ harbiylarining bir qismini Polşaga köçirdi
17-05-2026, 17:27
112 марта

AQŞ harbiylarining bir qismini Polşaga köçirdi
AQŞ Polşaga Texasdagi Birinçi kavaleriya diviziyasi bölinmalarini köçirmoqda. Bu haqda Polşa Milliy xavfsizlik byurosi (BBN) direktori Bartoş Grodetskiy malum qildi.Qayd etilişiça, Polşadagi Amerika qöşinlari sonining ayni paytdagi özgarişi AQŞ Qurolli kuçlarining davom etayotgan rotatsiyasi (almaşinuvi) bilan boğliq bölib, u Texasning Fort-Xud bazasidagi AQŞ Birinçi kavaleriya diviziyasi tomonidan amalga oşirilmoqda. Fort-Xuddan Polşaga rejalaştirilgan qöşinlar miqdorining 20 foizdan ortiği, şuningdek, harbiy texnikaning qariyb 70 foizi köçirib bölingan.
Bundan bir neça kun avval “The Wall Street Journal” (WSJ) gazetasi AQŞ Yevropadagi öz harbiy iştirokini qisqartiriş qadamlaridan biri sifatida Polşaga zirhli tanklari brigadasini yuborişni tösatdan töxtatişga qaror qilgani haqida yozgan.
Şu bilan birga, Polşa Mudofaa vaziri Vladislav Kosinyak-Kamiş amerikaliklarning uşbu qadami Varşavaga “daxl qilmasligini”, balki “AQŞ Qurolli kuçlarining Yevropadagi iştirokini özgartiriş böyiça avvalroq elon qilingan reja” bilan boğliq ekanligini bildirgan.