USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Yer yadrosida ğayrioddiy özgariş aniqlandi

710 марта

Yer yadrosida ğayrioddiy özgariş aniqlandi

Olimlar Yerning taşqi yadrosidagi suyuq temir harakatida ğayrioddiy özgarişni aniqladi. Tinç okeani ostida oqimlarning bir qismi tösatdan yönalişini özgartirdi va umumiy ğarbiy oqimga zid ravişda şarqqa qarab harakatlana boşladi. Uşbu tadqiqot işi “Journal of Studies of Earth” jurnalida elon qilindi.

Yerning taşqi yadrosi suyuq temir okeanidan iborat bölib, uning harakati sayyoraning magnit maydonini şakllantiradi. Bu jarayon geodinamo deb ataladi. Magnit maydoni Yerni kosmik radiatsiyadan himoya qiladi va atmosferani saqlab qolişga yordam beradi.

Ilgari taşqi yadrodagi moddalarning keng kölamli harakati nisbatan barqaror va umumiy hisobda ğarbga yönaltirilgan deb hisoblangan. Biroq 2010 yil atrofida olimlar Tinç okeani ostidagi oqimlarning kutilmaganda teskari tomonga burilgani belgilarini payqab qolgan.


“Tinç okeani ostidagi oqimlarning keng kölamda ortga burilişi Yerning çuqur qatlamlari tabiati haqida yangi savollarni tuğdirmoqda”, deydi Edinburg universiteti geofizigi Frederik Dal Madsen.
Tahlillar şuni körsatdiki, 2010 yilgaça uşbu mintaqada kuçsiz ğarbiy oqim kuzatilgan, ammo 2012 yildan keyin u kuçli şarqiy oqimga almaşgan. Bu oqimning şiddati 2020 yilgaça kuçayib borgan, şundan söng asta-sekin pasaya boşlagan.

Tadqiqotçilarning urğu berişiça, gap qandaydir mahalliy girdob haqida ketayotgani yöq. Anomaliya taşqi yadro yuzasining qariyb 5 foizini qamrab olgan va yirik tölqinsimon tuzilişga ega bölgan. Bunday hodisaning sabablari hozirça nomalum. Biroq olimlar aynan öşa davrda Yerning çuqurliklarida boşqa ğayrioddiy jarayonlar ham qayd etilganiga etibor qaratmoqda. Masalan, 2010 yil atrofida sutka davomiyligining yadro harakati bilan boğliq bölgan va har 5,8 yilda takrorlanib turadigan davriy özgarişlarida uziliş yuz bergan. Bundan taşqari, Yerning içki yadrosi harakatida ham özgariş belgilari paydo bölgan​
Keyinçalik, 2017 yilda suniy yöldoşlar bir qator “geomagnit silkinişlari”ni (yadro kuzatiladigan turbulent jarayonlar bilan boğliq bölgan magnit maydonining keskin özgarişlarini) qayd etgan. Mualliflar uşbu hodisalar özaro boğliq bölişi mumkinligini taxmin qilmoqda.
Olimlarning sözlariga köra, bu jarayonlar insoniyat uçun töğridan töğri xavf tuğdirmaydi. Biroq yadro dinamikasini tuşuniş Yerning magnit maydonidagi özgarişlarni va kosmik ob-havoni prognoz qiliş uçun juda muhim sanaladi. 
“Suniy yöldoş missiyalari Yer yadrosi ilgari öylaganimizdan köra ança özgaruvçan va murakkab bölişi mumkinligini körsatmoqda”, deydi ESA Swarm suniy yöldoşlari loyihasi ilmiy xodimi Elizabetta Yorfida.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: