“Bin Lodin” Turkmanistondagi qamoqxonada vafot etdi
31-05-2026, 13:37
1 051 марта

“Bin Lodin” Turkmanistondagi qamoqxonada vafot etdi
Joriy yilning 10 aprel kuni Turkmanistondagi Ovadan-Depe mavzesida (şu nomdagi maşhur qamoqxonaning röparasida) joylaşgan AH-E/3 raqamli Turkmaniston maxsus tartibli koloniyasida mahalliy kriminal, “Bin Lodin” laqabi bilan tanilgan mahkum Rasul Gulmamedov vafot etdi. Bu haqda “Turkmen.news” xabar berdi.Naşrning yozişiça, Rasul Gulmamedov 2000-yillar boşida uyidan giyohvand moddalar, butun boşli qurol-yaroğ arsenali va hovlisida somon ostiga yaşirilgan bronetransportyor (BTR) topilganidan keyin sudlangan. Şundan söng unga koloniyaning özida bir neça bor qaytadan yangi muddat qöşib berilgan va u ozodlikka boşqa qaytib çiqmagan.
RasulGulmamedov özining “Bin Lodin” laqabini dunyoga maşhur xalqaro terrorçi, “Al-Qoida” rahbari Usoma bin Lodin “şarafiga” olgan. Töqsoninçi yillarning örtalarida Turkmaniston huquq-tartibot idoralari Gulmamedovning uyidan yirik hajmdagi giyohvand moddalar va avtomat hamda pulemyotlardan iborat butun boşli qurol arsenalini, hovlisidagi çuqurda esa somon bilan yopib qöyilgan BTRni topgan.
Uşbu qurol va harbiy texnikani “Bin Lodin” 1989 yilda Afğoniston uruşi tugaganidan keyin qöşinlarni olib çiqib ketayotgan sobiq SSSR ofitserlaridan sotib olgan yoki giyohvand moddalarga almaştirgan. Şunga qaramay, bazi manbalar BTR bilan boğliq voqeani kuçişlatar tizimlar işni börttirib körsatiş uçun öylab topgan şunçaki bir afsona, deb hisoblaydi.
Öşanda “Bin Lodin” qoçib ketişga va sobiq SSSR davlatlaridan birida örnaşib olişga muvaffaq bölgan, biroq 2001 yilda u nomalum sabablarga köra vataniga qaytgan. U 25 yilga ozodlikdan mahrum etilgan va qamoqdan boşqa çiqmagan. Unga turli ayblovlar bilan tinimsiz yangi muddat qöşib berilgan.
“Masalan, kunlarning birida göyoki döstidan kelgan posilkadagi körpa içiga tikib qöyilgan giyohvand moddalar topilgan. “Bin Lodin”ni taniganlar bu voqeani soxtalaştirilgan va ataylab uyuştirilgan tuhmat ekanini davo qilişadi”, deyiladi xabarda.
Gulmamedov maşhur “Ovadan-Depe” (AH-T/2 muassasasi) qamoqxonasida kamida uç marta bölgan. U qamoqxona tartib-qoidalariga böysunişdan va rasmiy işlarni bajarişdan boş tartuvçi “otritsal” (inkor etuvçilar) toifasiga mansub mahkumlardan hisoblangan. Mamuriyatning heç bir vakili uni biror işni qilişga majburlay olmagan, çunki u istagan vaqtida özi kabi baluj millatiga mansub yuzlab mahkumlarni oyoqqa turğazib, zonada haqiqiy qonli söyiş taşkil qilib yuborişi mumkin bölgan.
Şu sababli unga tegilmagan va körmaganga oliş afzal bilingan hamda qamoqxona mezonlari böyiça haşamatli şaroitda yaşaşiga yöl qöyib berilgan: u alohida xonada, xizmatkorlari bilan, çeklanmagan uçraşuvlar va oziq-ovqat posilkalari qurşovida kun keçirgan.
“Turkmen.news” naşrining mamlakat kuçişlatar tizimlaridan biridagi manbasi bergan malumotga köra, turkmanistonlik “Bin Lodin” özining 55 yoşini nişonlaşiga atigi bir neça hafta qolganda vafot etgan. Ölimning rasmiy sababi sifatida infarkt (yurak xuruji) körsatilgan.