Germaniya birinçi marta BMT Xavfsizlik Kengaşiga azo böla olmadi
4-06-2026, 09:07
70 марта

Germaniya birinçi marta BMT Xavfsizlik Kengaşiga azo böla olmadi
Germaniya BMT Xavfsizlik Kengaşida doimiy bölmagan örinni qölga kirita olmadi. Bu haqda Spiegel naşri xabar berdi.Ovoz berişning birinçi turida Portugaliya va Avstriya ğalaba qozonganini BMT Boş Assambleyasi raisi Annalena Berbok (Germaniya sobiq taşqi işlar vaziri — tahr.) elon qildi. Takidlanişiça, Portugaliya 134 ta, Avstriya 131 ta, Germaniya esa 104 ta ovoz olgan. Saylaniş uçun BMTga azo 193 ta davlatning uçdan ikki qismi ovoz berişi talab etilar edi. Azolardan biri ovoz berişda betaraf qoldi. Qömitaning uşbu azolari vakolat muddati 2027 va 2028 yillarda tugaydi.
Germaniya birlaşganidan söng, ananaviy tarzda har sakkiz yilda nomzodini ilgari surib, Xavfsizlik Kengaşidan örin olib kelgan. Şu tariqa Germaniya 6 marta vakillik qilgan, oxirgisi 2019 va 2020 yillarga töğri kelgan. Diplomatlarning sözlariga köra, Germaniya şu paytgaça biror marta ham qömitadan örin ololmay qolgan vaziyat kuzatilmagan edi.
Germaniya Taşqi işlar vaziri Yohan Vadefulning ğalabaga işonçi baland edi. «Biz uşbu ovoz beriş jarayoniga işonç va optimizm bilan kirib boryapmiz», — degandi u avvalroq jurnalistlarga. Ovoz beriş boşlanişidan oldin u BMT Boş Assambleyasi zalida avstriyalik va portugaliyalik hamkasblari Beate Maynl-Rayzinger va Paulu Rangel bilan selfiga tuşgan edi.