SpaceX’ning minglab xodimlari millionerga aylanişi mumkin
SpaceX aktsiyalari savdosi bilan şuğullangan investitsiya platformasining malum qilişiça, kompaniyaning 4400 nafar xodimi muvaffaqiyatli IPÖdan söng millionerga aylanadi. Bu haqda “The New York Times” xabar berdi.
Qayd etilişiça, San-Frantsiskodagi SpaceX aktsiyalari savdosi bilan şuğullanuvçi “Hill.com” investitsiya platformasi NYT jurnalistlariga Ilon Maskning SpaceX kompaniyasining minglab xodimlari muvaffaqiyatli IPO joylaştiruvidan söng millionerga aylanişini aytgan.
Platforma tahlillariga köra, SpaceX’ning 4400 nafardan ortiq hozirgi va sobiq xodimlari IPÖdan keyin katta ehtimol bilan millionerga aylanadi. Ulardan 400 nafarga yaqini 100 million dollar yoki undan köproq mablağ işlab olişi kutilmoqda.
“Odatda köplab IPO jarayonlarida faqat kompaniya asosçilarigina milliarderga aylanişadi. Bir yöla 400 kişining 100 million dollarlik çegaraga yetişi juda kam uçraydigan hodisa. Bu mazkur yerda ulkan boylik yaratilayotganidan dalolat beradi”, deydi investitsiya platformasi asosçisi Endryu Benson.
SpaceX vakillari jurnalistlarning uşbu masala yuzasidan sörovlariga javob qaytarmagan.
Eslatib ötamiz, kuni keça SpaceX’ning IPÖsi Ilon Maskni trillioner maqomiga olib çiqişi malum bölgan edi – kompaniya öz aktsiyalari narxini bir dona aktsiya uçun 135 dollar darajasida elon qildi.