“75 lar xati”ga aralaşgan deputatlarning ismlari oçiqlandi
Bugun, 18 iyun kuni bölib ötgan yiğilişda Qirğiziston Jogorku Keneşi törağasi (spikeri) Marlen Mamataliyev “75 lar xati” böyiça olib borilayotgan suriştiruv tafsilotlarini sözlab berdi. U xatning parlamentga kelib tuşiş stsenariysi oldindan rejalaştirilganini va barça manfaatdor şaxslar uni parlamentda kutişganini malum qildi. Bu haqda “24.kg” xabar berdi.
Deputat Nurbek Sidiğaliyev törağa öz nutqida xatni qabul qilib olib, uni qömitaga tuşirgan spiker örinbosari haqida gapirganiga etibor qaratgan.
“Törağaning uç nafar örinbosari bor. Gap ularning qaysi biri haqida ketmoqda yoki sobiq örinbosarlar nazarda tutilyaptimi? Odamlar bu jarayonga kimlar aralaşganini bilişi uçun endi barça ismlarni oçiq ayting”, degan u.
Xalq vakilining qöşimça qilişiça, törağaning sözlariga köra, xat Jogorku Keneşga oyning 10-kuni kelib tuşgan.
“Şuni takidlamoqçimanki, aynan öşa kuni MXDQ rahbari lavozimidan ozod etilgan edi. Agar u işdan olinmaganida, jarayon butunlay boşqa yönalişda ketgan bölardi va hammangiz bilganingizdek, aynan şu sabab tufayli xat Jogorku Keneşda qolib ketdi. Uşbu faktlarning barçasi böyiça komissiya tuziş va xizmat suriştiruvi ötkaziş zarur”, deya qöşumça qilgan Nurbek Sidiğaliyev.
Parlament spikeri Marlen Mamataliyev ilgari “75 lar xati” işiga aralaşgan şaxslar haqidagi malumotlar maxfiylaştirilganini qayd etgan.
“Biroq hozirda OAVda bu haqda malumotlar paydo bölganini körib turibmiz va men axborotni oçiq ayta olaman. Xatni sobiq spiker Şakiyevning Alaybek ismli yordamçisi qabul qilib olgan. U xatni deputat Çingiz Ajibayevga topşirgan. U esa röyxatdan ötişni tekşiriş uçun xatni bir muddat özida uşlab turgan. Keyinçalik xat konstitutsiyaviy qömita rahbari bölgan Qurmanqul Zuluşevga berilgan va aynan u xatni qömitaga tuşirgan”, deya qöşimça qilgan u.
Törağa, şuningdek, “75 lar xati” bilan boğliq voqealar joriy yilning 28–29 yanvar kunlaridan boşlanganini takidlagan.
“Öşanda ayrim manfaatdor şaxslar Jogorku Keneşda oziq-ovqat xavfsizligi, yangi haydovçilik guvohnomalari masalalari böyiça çiqişlar qilib, jamoatçilikni ataylab ğalayonga keltira boşlaşgan edi. Şundan söng Jogorku Keneşga “75 lar xati” kelib tuşgan”, deydi Marlen Mamataliyev.
Qayd etiş joizki, 2026 yil 10 fevraldan keyin Jogorku Keneş tarkibi sezilarli darajada yangilandi. Markaziy saylov komissiyasining (MSK) oçiq malumotlariga köra, parlamentni 11 nafar deputat tark etgan. Ulardan ön nafari öz xohişiga köra yozgan arizasi asosida vakolatlarini muddatidan oldin topşirgan bölsa, yana bir nafari – Janar Akayev Öş şahri hokimi (meri) etib tayinlanganidan keyin mandatidan mahrum bölgan. Işdan ketganlar orasida sobiq törağa Nurlanbek Turgunbek öğli, Quvaniçbek, Qurmanqul Zuluşev, Şoirbek Taşiyev, Nurlanbek Azigaliyev, Gulsunkan Junuşaliyeva, Abdildabek Egemberdiyev va Temirlan Aytiyevlar bor.
Malumot uçun, jinoyat işi “75 lar xati” nomi bilan tanilgan siyosatçilar va jamoat arboblari murojaati bilan boğliq. Tergov talqiniga köra, uşbu murojaatda hokimiyatni özgartirişga çaqiriq alomatlari mavjud bölgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Bişkek şahrining Birinçi may tuman sudida sobiq mansabdor Qamçibek Taşiyevga oid iş böyiça navbatdagi sud jarayonida Taşiyev jurnalistlarning savollarini javobsiz qoldirgani hamda sud jurnalistlarga jarayondan jonli translyatsiya qilişni çeklab qöygani haqida xabar berilgan edi.
Taşiyev istefosi
Joriy yilning 10 fevral kuni Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi raisi – Boş vazir örinbosari Qamçibek Taşiyev Prezident Sadir Japarovning farmoni bilan lavozimidan ozod etildi. U öz qarorini “jamiyatda bölinişga yöl qöymaslik” istagi bilan izohladi. Qamçibek Taşiyevning özi bu haqda Germaniyada yurak operatsiyasidan söng rejali tekşiruvda bölganida xabar topganini malum qildi.
Taşiyev ortidan uning birinçi örinbosari Qurbonbek Avazov, kiberxavfsizlik markazi direktori Daniel Risaliyev va Antiterror markazi direktori Elizar Smanov işdan olindi. Abdukarim Alimboyev Milliy xavfsizlik davlat qömitasi (MXDQ) raisining birinçi örinbosari lavozimidan ozod etilib, Davlat çegara xizmati raisi etib tayinlandi. Uning örnini Xavfsizlik kengaşi kotibi lavozimida işlab kelayotgan Rustam Mamasadiqov egalladi.
2020 yildan buyon Milliy xavfsizlik davlat qömitasining 9-xizmati boşliği va rais örinbosari lavozimida işlab kelgan Jumgalbek Şabdanbekov Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi raisi vazifasini vaqtinça bajaruvçi etib tayinlandi.
Şuningdek, şu kunning özida Çegara xizmati davlat qömitasi tarkibidan çiqarildi.
Japarov va Taşiyev tandemi
Malumot uçun, Qamçibek Taşiyev 2020 yil 16 oktyabr kuni Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi raisi etib tayinlangan edi. Farmonni 2020 yil 5–6 oktyabr voqealaridan söng prezident vazifasini bajaruvçi sifatida Sadir Japarov imzolagan.
Qamçibek Taşiyev va amaldagi Prezident Sadir Japarov örtasidagi köp yillik munosabatlar mamlakatdagi eng barqaror va tasirli siyosiy ittifoqlardan biri sifatida baholanib kelgan. Ularning hamkorligi hokimiyat tepasiga kelişidan ança oldin boşlangan: 2010 yillar boşida ular bir neça bor siyosiy jarayonlarda bir tomonda bölgan, 2012 yildagi umumiy jinoiy epizodni ham birga boşdan keçirgan, bu esa ularning şaxsiy yaqinligini yanada mustahkamlagan.
2020 yil oktyabr voqealaridan söng tandem yakuniy şaklga keldi: Sadir Japarov Prezident lavozimini egalladi, Qamçibek Taşiyev esa MXQ rahbari etib tayinlanib, kuç blokining asosiy tayançiga aylandi. Aynan u eng şov-şuvli işlarni nazorat qilgan, kuç siyosatini şakllantirgan va amalda Prezident jamoasining eng yaqin işonçli şaxslaridan biri bölib kelgan.
Ekspertlar orasida ularning ittifoqi köpinça mamlakatdagi eng mustahkam siyosiy duet deb atalardi, Qamçibek Taşiyev atrofidagi har qanday kadr özgarişlari esa hokimiyat konfiguratsiyasidagi jiddiy özgarişlar belgisi sifatida qabul qilinar edi.
Sönggi paytlarda siyosiy doiralarda maxsus xizmat rahbarining bölajak Prezident saylovlarida iştirok etişi mumkinligi haqida miş-mişlar tarqalgan edi. Qamçibek Taşiyev esa bir neça bor prezidentlik poygasida qatnaşmoqçi emasligini va Sadir Japarovni qöllab-quvvatlaşini malum qilgan.