USD: 11,935 söm ▲ EUR: 13,432 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,094 söm ▲ CNY: 1,789 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,250 söm ▲ USD: 11,935 söm ▲ EUR: 13,432 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,094 söm ▲ CNY: 1,789 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,250 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Viloyat hokimi dahşatli avtohalokat qurboni böldi

2 522 марта
Вилоят ҳокими даҳшатли автоҳалокат қурбони бўлди

Tojikistonning Toğli Badaxşon muxtor viloyati rahbari Alişer Mirzonabot yöl-transport hodisasi oqibatida halok böldi. Maşinada u bilan birga yordamçisi, şuningdek, rafiqasi va voyaga yetmagan farzandi ham bölgan. Bu haqda Tojikiston Içki işlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilişiça, halokat joriy yilning 17 iyun kuni soat 10:40 da Duşanbe – Xoruğ avtoyölining 282-kilometrida yuz bergan. Xizmatdagi Land Cruiser 200 avtomobili haydovçisi yuqori tezlikda harakatlanib, boşqaruvni yöqotgan va muhandislik inşootlariga borib urilib, ustunlar hamda tösiqlarni urib ketgan. 

Şundan söng maşina Panj daryosiga ağdarilgan. Voqea joyidan faqat avtomobil raqami va uning ayrim bölaklari topilgan.

Mamlakat Prezidenti Imomali Rahmonning topşiriğiga binoan voqea joyiga Içki işlar vaziri, Milliy xavfsizlik davlat qömitasi raisi va Favqulodda vaziyatlar qömitasi raisi yetib borgan. Tergov harakatlari davlat rahbarining şaxsiy nazoratiga olingan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Tojikistonda Konstitutsiyaviy sud sudyasi Jamşid Jamşidzoda töqqizinçi qavatdan yiqilişi oqibatida halok bölgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: