Markaziy Osiyodagi eng köp spirtli içimlik içuvçi mamlakatlar malum böldi
Qozoğiston Markaziy Osiyoning eng köp spirtli içimlik içuvçi davlati deb topildi. Bu haqda “World Population Review” portalining aholi jon boşiga alkogol istemol qiliş böyiça yangilangan global reytingida keltirilgan.
Tadqiqot natijalariga köra, Qozoğiston Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida öz qöşnilarini sezilarli darajada ortda qoldirib, birinçi örinni egallagan. Uşbu mamlakat global röyxatning örtalaridan joy olgan va yiliga kişi boşiga 5,4 litr sof spirt körsatkiçi bilan Kambodja hamda Zimbabve bilan bir poğonani bölişib, 83-örinni band etgan.
Markaziy Osiyo mintaqasi miqyosida esa Qozoğiston Respublikasi mutlaq yetakçiga aylangan. Undan keyingi örinlar:
- Qirğiziston – 3,9 litr (dunyoda 101-örin);
- Turkmaniston – 3 litr (dunyoda 119-örin);
- Özbekiston – 2,1 litr (dunyoda 132-örin);
- Tojikiston – 0,7 litr (dunyoda 154-örin).
Eng past körsatkiçlar (mutlaq nolga yaqin – yiliga 0,1 litr) bir qator musulmon davlatlari – Quvayt, Eron, Suriya va Pokistonda qayd etilgan.
Alkogol istemol qiliş böyiça dunyo yetakçisi sifatida Ruminiya tan olingan – u yerda 15 yoşdan katta bölgan har bir turğunga yiliga rekord darajadagi 17,1 litr sof spirt töğri keladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq dunyo böylab vino istemoli 1957 yildan buyon eng past körsatkiçga tuşgani haqida xabar berilgan edi. Hisobotga köra, dunyodagi eng yirik vino bozori bölgan AQŞ va Germaniyada istemol bir yil içida 4,3 foizga, Frantsiyada 3,2 foizga, Italiyada esa 9,4 foizga kamaygan.