USD: 11,912 söm ▼ EUR: 13,320 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 15,975 söm ▼ CNY: 1,785 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 238 söm ▼ AED: 3,243 söm ▼ USD: 11,912 söm ▼ EUR: 13,320 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 15,975 söm ▼ CNY: 1,785 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 238 söm ▼ AED: 3,243 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

AQŞ vitse-prezidenti Eron bilan muzokaralar uçun safarini bekor qildi

94 марта
АҚШ вице-президенти Эрон билан музокаралар учун сафарини бекор қилди
AQŞ vitse-prezidenti Jey Di Vens Eron bilan tinçlik kelişuvini amalga oşiriş böyiça muzokaralarni boşlaş maqsadida Şveytsariyaga rejalaştirilgan safarini bekor qildi. Bu haqda Oq uy vakili malum qildi.

Avvalroq, Vaşington va Tehron örtasida uruşni tugatişga qaratilgan “Islomobod memorandumi” deb nomlangan 14 banddan iborat kelişuv imzolangan edi. AQŞ rasmiylari kelişuvni rasman tasdiqlaş marosimi Jeneva şahrida ötkazilişini bildirgandi. Biroq Eron Taşqi işlar vazirligi ikki davlat prezidenti hujjatni allaqaçon imzolaganini takidlab, qöşimça marosim zarur emasligini malum qilgan.

Qayd etilişiça, Şveytsariya hukumati Vensning Jenevaga safarini bekor qilganidan keyin AQŞ va Eron örtasida Yaqin Şarqdagi mojaroga barham beriş böyiça rejalaştirilgan muzokaralar bölib ötmasligini malum qilgan. Biroq bu qaror sabablariga izoh bermagan.

Malumot uçun, muzokaralar bugun 19 iyun kuni Şveytsariyaning Byurgenştok kurortida ötkazilişi rejalaştirilgan edi.

Eron kelişuv doirasidagi sulh muddati yana kamida 60 kunga uzaytirilganidan keyin texnik muzokaralarni boşlaşga tayyor ekanini bildirgan edi. Biroq “Tasnim” agentligiga köra, Tehron navbatdagi muzokaralar boşlanişidan oldin AQŞ tomonidan kelişuvning amaliy ijrosiga doir aniq qadamlarni körişni istamoqda.
Şuningdek, Eron delegatsiyasining Jenevaga borişi hali rasman tasdiqlanmagani ham qayd etilgan.

Oq uy bayonotiga köra, Vens va AQŞ delegatsiyasi muzokaralar rejasining töliq kelişib olinişi bilan safarga çiqişga tayyor bölgan. Biroq muzokaralarni taşkil etiş jarayoni murakkab va doim ham oldindan aniq bölmasligi takidlangan.
Eron hukumati hozirça mazkur qaror yuzasidan rasmiy izoh bermagan.

Tahlilçilarga köra, marosim va muzokaralar atrofidagi diplomatik kelişmovçiliklar mintaqadagi mojaroga uzoq muddatli yeçim topiş masalasi hanuz noaniqligiça qolayotganini körsatmoqda. Uruş oqibatida kamida 7 ming kişi halok bölgan, energetika bozorlarida narxlar keskin oşgan va jahon moliya bozorlarida beqarorlik yuzaga kelgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: