USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Kaşmirdagi namoyişlarda kamida 20 kişi halok böldi

86 марта
Кашмирдаги намойишларда камида 20 киши ҳалок бўлди

Pokiston nazoratidagi Kaşmirda ikki haftaga yaqin davom etgan namoyişlar oqibatida kamida 24 kişi halok böldi. Bu haqda “Reuters” xabar qildi.

Qayd etilişiça, noroziliklar yaqinda taqiqlangan Qöşma Avomiy Harakat Qömitasi (JAAC) tarafdorlari bilan mahalliy hokimiyat örtasidagi töqnaşuvlar ortidan kuçaygan. Namoyişlar 27 iyulga belgilangan mahalliy parlament saylovlari oldidan boşlangan. Malum qilinişiça, JAAC saylovdagi 45 örindan 12 tasini Hindiston nazoratidagi Kaşmirdan kelib, hozir Pokistonda yaşayotgan qoçqinlar uçun ajratiş qaroriga qarşi çiqqan.

Rasmiylar malumotiga köra, 6 iyundan 14 iyungaça bölgan töqnaşuvlarda kamida 20 nafar tinç aholi halok bölgan, önlab odamlar jarohat olgan. Mintaqaviy politsiya rahbari Liaqat Ali Malikning aytişiça, namoyişlar davomida 4 nafar politsiya xodimi halok bölgan, 97 nafari jarohatlangan. Şuningdek, 515 kişi qölga olingan.

Hozirda minglab JAAC tarafdorlari mintaqaning poytaxti Muzaffaroboddan 100 kilometr janubda joylaşgan Ravalakot şahri atrofida töplangan. Hukumat vaziyatga javoban asosiy yöllarni yopgan, internetni öçirgan va ommaviy axborot vositalari faoliyatiga çeklovlar joriy etgan. Muzaffarobodning yuqori Adda tijorat hududida odatda gavjum böladigan bozorlar va dökonlar hozir deyarli böş qolgan. Ayrim dorixonalar va oziq-ovqat dökonlarigina qisqa vaqtga işlamoqda.

27 yoşli mardikor işçi Ixloq Ahmadning aytişiça, 9 iyundan buyon bir söm ham işlab topolmagan. Internet va sputnik aloqasi töxtatilgani sabab bank xizmatlari va bankomatlar ham işlamayapti. Rasmiy körsatmaga binoan yoqilği quyiş şoxobçalari ham yopilgan.

Mototsikl haydovçisi Osif Noz esa vaziyatni oğir deb baholagan.

“Mablaği borlar buni qandaydir yengib ötar. Biroq biz kabi kunbay işlaydiganlar uçun bu özini özi halokatga mahkum qiliş bilan barobar”, degan u.

Eslatib ötamiz, avvalroq Pokiston nazoratidagi Kaşmirda 9 iyun kuniga belgilangan namoyişlar arafasidayoq yuz bergan töqnaşuvlar oqibatida 11 kişi halok bölgani, 70 nafardan ortiq kişi jarohat olgani xabar qilingan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: