Qozoğistonda tuğiliş rekord darajada pasaydi
Qozoğistonda tuğiliş darajasi pasayişda davom etmoqda. 2026 yilning birinçi çoragida mamlakatda 74,1 ming nafar bola dunyoga kelgan va bu sönggi 20 yildagi eng past körsatkiç. Bu haqda “Finprom.kz” xabar berdi.
Qozoğistonda tuğiliş darajasi pasayişda davom etmoqda. “Finprom.kz” malumotlariga köra, 2026 yilning yanvar-mart oylarida mamlakatda 74,1 ming nafar bola tuğilgan bölib, bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 4,2 foizga kam. Uşbu körsatkiç sönggi 20 yildagi eng past körsatkiç bölgan. Taqqoslaş uçun, 2021 yilning birinçi çoragida 100,5 ming nafar bola dunyoga kelgan. Beş yil içida yangi tuğilgan çaqaloqlar soni çorakdan köproqqa kamaygan. Tahlilçilarning aytişiça, bunday tendentsiya faqat Qozoğistongagina xos emas.
“Yangi tuğilgan çaqaloqlar sonining kamayişini faqat Qozoğistonning içki muammosi deb qaramaslik kerak. Bu ikkinçi demografik ötiş bilan boğliq bölgan yanada kengroq global trendning bir qismidir”, deyiladi xabarda.
Pasayiş ham şaharlarga, ham qişloqlarga tasir körsatgan. Şahar joylarda tuğilganlar soni 2,3 foizga, qişloq joylarda esa 7,2 foizga kamaygan. Eng köp bola Turkiston viloyatida tuğilgan – 10,4 ming. Keyingi örinlarni Olmaota (7,2 ming), Çimkent (6,3 ming), Olmaota viloyati va Ostona (6,2 mingdan) egallagan. Eng past körsatkiçlar Ulitau (738 nafar bola), Şimoliy Qozoğiston (1,1 ming) va Şarqiy Qozoğiston (1,6 ming) viloyatlarida qayd etilgan.
Tuğiliş koeffitsiyenti ham pasaymoqda. 2026 yilning birinçi çoragida u har ming kişiga 14,58 ni taşkil etgan, vaholanki ötgan yilning şu davrida bu körsatkiç 15,39 ga teng bölgan. Eng yuqori körsatkiç Turkiston viloyatida, eng pasti esa Şimoliy Qozoğiston viloyatida kuzatilgan.
“Agar yoş oilalar yaşaş şaroiti yomonligi sababli köçib ketayotgan bölsa yoki farzand körişni keyinga qoldirayotgan bölsa, bu allaqaçon hududiy siyosatning samaradorligi masalasidir”, deydi tahlilçilar.
Ekspertlarning fikriça, davlat va hududlar ijtimoiy infratuzilmani rejalaştiriş va hududlarni rivojlantirişda yangi demografik vaziyatni hisobga olişlari zarur.
Eslatib ötamiz, avvalroq 2025 yilda Özbekistonda tuğiliş va nikohlar soni kamaygani haqida xabar berilgan edi. Statistikaga köra, 2025 yilda Özbekistonda 884 500 bola tuğilgan – bu 2024 yilga (926 400) nisbatan 5,3 foizga kam. Bu pasayiş deyarli barça hududlarda kuzatilgan.