USD: 11,935 söm ▲ EUR: 13,432 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,094 söm ▲ CNY: 1,789 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,250 söm ▲ USD: 11,935 söm ▲ EUR: 13,432 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,094 söm ▲ CNY: 1,789 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,250 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Uels sohillarida ğaroyib dengiz jonzotlari paydo böldi

65 марта
Уэльс соҳилларида ғаройиб денгиз жонзотлари пайдо бўлди

Uels qirğoqlarida dengiz tölqinlari bilan birga noodatiy yuzlab mayda, yorqin, kök rangli dengiz jonzotlari paydo böldi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Qayd etilişiça, bu organizmlar “şamol bilan suzuvçilar” deb ataladi. Ular Anglezi, Gvinadd va Tenbi hududlaridagi plyajlarda aniqlangan bölib, mahalliy aholi va sayyohlar etiborini tortgan.

Mutaxassislarga köra, bu jonzotlar oçiq okeanda erkin suzib yuradigan gidrozoa koloniyalari hisoblanadi va ular dengiz anemonlari hamda marjonlarga yaqin qarindoşdir. Ularning öziga xosligi şundaki, tanasining ustki qismida kiçik yelkanga öxşaş tuzilma böladi. Şu sababli ular suv oqimi va şamol yordamida harakatlanadi, özi esa faol suziş qobiliyatiga ega emas.

Malumotlarga köra, bu jonzotlar odatda kuz va qiş oylarida köproq uçraydi. Sababi şu davrda kuçli okean oqimlari va böronlar ularni uzoq masofalardan olib keladi va oxir-oqibat plyajlarga çiqarib taşlaydi. Ularning uzunligi odatda 7 santimetr atrofida böladi. Köpinça ularning minglab tödasi bir vaqtda qirğoqqa çiqib qoladi.

“Ular xuddi kristallarga öxşaydi, juda çiroyli va yorqin kök rangda. Ayniqsa quyoş nuri tuşganda ularning kök ranglari yanada yorqinlaşib, suv yuzasida yaltiraq köriniş hosil qiladi”, deydi mahalliy aholi vakili.

“Anglesi Sea Zoo” dengiz mutaxassisi Frenki Xobro bu jonzotlar taşqi körinişi çiroyli bölsa-da, ehtiyotkorlik talab qilişini aytgan. Uning aytişiça, şamol bilan suzuvçilar köpinça körinişidan Portugaliya fizaliyasiga öxşaydi, ammo undan kiçikroq va rangi yanada yorqin kök. Eng muhimi, ular ham çaqadigan hujayralarga ega.

Mutaxassislarning ogohlantirişiça, şamol bilan suzuvçilarga oddiy qöl bilan tekkanda köpinça sezilmasligi mumkin, çunki inson terisi nisbatan qalin. Biroq lab, yuz yoki boşqa sezgir joylarga tegsa, açişiş, qiçişiş yoki yengil oğriq paydo böladi.

Yana bir muhim jihat şuki, hatto plyajga çiqib qolgan va ölik körinadigan jonzotlarda ham çaqadigan hujayralar bir muddat faol bölib qoladi. Şu sababli mutaxassislar odamlarni ularni qölga olmaslikka va faqat uzoqdan kuzatişga çaqiradi.

Eslatib ötamiz, avvalroq olimlar Galapagos orollari yaqinida suv tubida yaşovçi sakkizoyoqning yangi turini kaşf qilgan edi. Yorqin kök rangga ega bölgan uşbu noodatiy jonzotga Microeledone galapagensis deb nom berilgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: