USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Afsonaviy “Robin Gud daraxti” qurib qoldi

95 марта
Афсонавий “Робин Гуд дарахти” қуриб қолди

Buyuk Britaniyaning Nottingemşir grafligidagi Şervud örmoni markazida asrlar davomida qad rostlab turgan maşhur “Major Oak” (Major Ouk) daraxti qurib qoldi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Taxminan 1200 yil yaşagan deb hisoblanadigan bu ulkan eman daraxti Robin Gud afsonasi bilan boğliq bölgani sababli Buyuk Britaniyaning eng maşhur tabiiy yodgorliklaridan biri hisoblanadi.

Tabiatni muhofaza qiluvçi “Royal Society for the Protection of Birds” (Quşlarni muhofaza qiliş böyiça qirollik jamiyati – RSPB) taşkiloti malum qilişiça, daraxt bu yil bahorda birinçi marta barg çiqarmagan. Şu asosda ilmiy ekspertlar uning hayoti tugagan degan xulosaga kelgan.

Mutaxassislar aniq sababni birgina omil bilan izohlaş qiyinligini aytadi, biroq asosiy omillar sifatida yillar davomida olib borilgan “yaxşi niyatli, lekin notöğri strukturaga oid aralaşuvlar” hamda daraxt atrofidagi haddan taşqari inson faoliyati körsatilmoqda.

Şuningdek, iqlim özgarişi ham – sönggi yillardagi kuçli issiqlik tölqinlari va qurğoqçiliklar daraxtning zaiflaşişini tezlaştirgan.

RSPB malumotiga köra, “Major Oak” (Major Ouk) endi kesilmaydi va Şervud örmoni hududida yodgorlik sifatida saqlab qolinadi. Uning tanasi vaqt ötişi bilan tabiiy parçalanib, örmon ekotizimiga foyda keltiradi.

Afsonalarga köra, Robin Gud aynan şu daraxtning içi kovak tanasidan yaşiriniş joyi sifatida foydalangan.

Mutaxassislarning qayd etişiça, daraxt atrofida uzoq yillar davomida kuçli turizm bosimi bölgan, tuproq ziçlaşib ketgan va ildizlar yetarli kislorod hamda ozuqa ololmay qolgan.

RSPB va boşqa tabiat himoyaçilari daraxtni saqlab qoliş uçun köp yillar davomida turli çoralar körgan, ammo bu urinişlar keçikkan bölişi mumkin.

Şu bilan birga, daraxtdan olingan köçatlar dunyoning turli hududlarida ekilgan.

Mutaxassislar bu voqea boşqa qadimiy daraxtlarni saqlaş va iqlim özgarişi tasirini yaxşiroq tuşuniş uçun muhim saboq bölişini takidlamoqda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: