USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Germaniya Belarus biqiniga 5 ming askar yuboradi

93 марта
Германия Беларусь биқинига 5 минг аскар юборади

Germaniya qariyb 5000 askarini Belarus bilan çegaradoş Litvaga doimiy ravişda joylaştiradi. Bu haqda “Euronews” xabar berdi.

Rejaga köra, 2027 yil oxiriga borib, Litvada 5000 nafar nemis harbiysi doimiy xizmat qiladi. Bu bilan Bundesver (Germaniya Qurolli kuçlari) mamlakat tarixida ilk bor katta harbiy guruhni xorijda doimiy ravişda joylaştirmoqda. Askarlar Belarus çegarasi yaqinida xizmat qiladi.

Litva tomonining malum qilişiça, örmonlar bor hududlarda qisqa vaqt içida yangi turarjoylar, maktablar, bolalar boğçalari va tibbiyot muassasalari qurilmoqda.

“Nemis brigadasini joylaştiriş işlari reja böyiça ketmoqda. Hatto dastlabki bosqiçda rejadan ön oy oldindamiz. Bu infratuzilma qurilişida ança ilgarilab ketganimizni va ikkinçi bosqiçni ertaroq boşlaşimiz mumkinligini anglatadi”, deydi Germaniya Mudofaa vaziri Boris Pistorius.

Hozirda Litvada 1800 ga yaqin nemis askari xizmat qilmoqda. Ular Belarus çegarasidan atigi 20 kilometr uzoqlikdagi Pabrade poligonida, NATOning şarqiy qanotini himoya qiliş va ehtimoliy tahdidlarga qarşi tayyorgarlik köriş maşğulotlarini ötkazmoqda.

Maşğulotlarda Germaniyaning 45-tank brigadasi bilan birga Avgustdorfdagi 203-tank bataloni va Bavariyaning Oberviyextax şahridagi 122-piyoda batalonining bölinmalari ham qatnaşmoqda. Uşbu batalonlar kelgusi yilda Litvaga doimiy ravişda köçirilişi rejalaştirilgan.

“Germaniya va Litva 2027 yil oxiriga qadar barça işlarni yakunlab, brigadani töliq jihozlangan va jangovar şay holatga keltiradi. Balki bundan ham oldinroq”, deya qöşimça qilinadi xabarda.

Brigadani 2027 yil oxirigaça töliq jangovar şay holatga keltiriş masalasi Germaniyada muhokamalarga sabab bölmoqda. Bundesver bu loyihani mamlakatning NATO oldidagi majburiyatlariga sodiqligini namoyiş etuvçi muhim taşabbus sifatida baholamoqda.

Naşrning yozişiça, Bundesver Litvadagi brigadani töldiriş uçun faqat köngillilik tamoyiliga tayanmasligi mumkin.

“Biz köngillilik tamoyiliga amal qilişda davom etamiz. Ammo zarurat tuğilganda majburiy çoralarni ham qöllaşimiz mumkin”, degan Germaniya quruqlik qöşinlari inspektori, general-leytenant Kristian Froyding.

Eslatib ötamiz, joriy yilning may oyida AQŞ va Buyuk Britaniya Litvada, Belarus çegarasidan taxminan 30 kilometr uzoqlikda harbiy maşğulotlar ötkazgani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: