Britaniya musodara qilingan Rossiya neftini sotib, mablağni Ukrainaga berişni rejalaştirmoqda
Buyuk Britaniya hukumati iyun oyida qölga olingan va London Rossiyaning “yaşirin neft floti” bilan boğlayotgan Smyrtos tankeridagi qariyb 100 ming tonna Rossiyaning Urals markidagi neftini sotiş imkoniyatini körib çiqmoqda. Tuşgan mablağ esa Ukrainaga yordam sifatida yönaltirilişi mumkin. Bu haqda “The Telegraph” naşri xabar berdi.
Britaniya amaldorlarining fikriça, tanker bortidagi neft endilikda qonun böyiça Britaniya mulki hisoblanadi. Şu bois hukumat uni sotiş yoki boşqa maqsadlarda işlatiş huquqiga ega.
Vazirlar neftini auktsion orqali sotiş variantini muhokama qilmoqda. Uning bozor qiymati taxminan 35 million funt sterlingga baholangan. Olingan mablağni Ukrainaning harbiy ehtiyojlariga yönaltiriş rejalaştirilmoqda.
Naşr malumotiga köra, bu reja hozirça dastlabki bosqiçda turibdi. Amaldorlar mablağni Kiyevga töğridan-töğri ötkaziş yoki Ukraina Qurolli kuçlari uçun harbiy texnika sotib oliş imkoniyatlarini örganmoqda. Rossiya esa Ukrainaga har qanday harbiy yordam körsatilişiga qarşi çiqmoqda.
Naşrning yozişiça, Britaniya hukumati 14 iyun kuni La-Manş böğozida uşlab qolingan tankerdagi neftini sotiş uçun maxsus auktsion ötkazişi mumkin. Manbalarning aytişiça, Britaniya Milliy jinoyatçilikka qarşi agentligi tergovni yakunlagandan keyin tankerning özi Rossiyaga qaytarilişi ehtimoldan xoli emas.
Şu bilan birga, Britaniya hukumati neftini mamlakat içida qayta işlab, aholini energiya bilan taminlaş maqsadida foydalaniş variantini ham körib çiqmoqda. Biroq bu neftini davlat mulkidan energetika kompaniyalari tasarrufiga qanday ötkaziş masalasi hozirça hal qilinmagan.
Buyuk Britaniya Boş vaziri Kir Starmer 14 iyun kuni uning körsatmasi bilan Britaniya harbiylari ilk bor La-Manş böğozida Rossiya bilan boğliq deb hisoblangan Smyrtos neft tankerini qölga olganini malum qilgan edi.
Olti soat davom etgan operatsiyada Qirollik dengiz piyodalari, Çinook, Merlin Mk4 va Wildcat vertolyotlari, RAF P-8 patrul samolyoti hamda HMS Sutherland va HMS Ledbury kemalari iştirok etgan. Qölga olinganidan keyin tanker Angliyaning janubiy sohillari yaqinida nazorat ostida langar taşlab turibdi.
MarineTraffic malumotlariga köra, Smyrtos Kamerun bayroği ostida suzgan. Kema 5 iyun kuni Rossiyaning Ust-Luga portidan çiqib ketgan va naşr malumotiga köra, qiymati taxminan 40 million dollarlik neftini Hindistonga olib borayotgan bölgan.
Moskva tankerning uşlab qolinişini keskin tanqid qilgan. Rossiya Töğridan-töğri investitsiyalar jamğarmasi rahbari va Prezidentning investitsiya-iqtisodiy hamkorlik böyiça maxsus vakili Kirill Dmitriyev bu harakat Britaniya jamoatçiligi etiborini içki muammolardan, ayniqsa migratsiya inqirozidan çalğitişga uriniş ekanini aytgan.
Rossiya Taşqi işlar vazirligi esa “yaşirin flot” atamasi Yevropa Ittifoqi davlatlari tomonidan dengiz yöllaridagi harakatlarga qarşi çoralarni oqlaş uçun öylab topilganini takidlagan.