USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“75 lar xati” figuranti deputatlarga javob qaytardi

153 марта
“75 лар хати” фигуранти депутатларга жавоб қайтарди

Hokimiyatni zöravonlik bilan egallaşga tayyorgarlik köriş va mansab vakolatini suiistemol qiliş işi böyiça sud majlisidan söng “75 lar xati” figurantlaridan biri Qurmanqul Zuluşev Jogorku Keneş törağasi (spikeri) Marlen Mamataliyevning bayonotiga izoh berdi. Bu haqda “24.kg” xabar qildi.

Qayd etilişiça, jurnalistlar Zuluşevga törağaning u tomonidan göyoki huquqiy xatolarga yöl qöyilgani haqidagi sözlari yuzasidan savol bergan. Sobiq boş prokuror savolga javob berar ekan, bu haqiqatga töğri kelmasligini bildirgan.

“Hammasini jarayon tugagaç bilib olasizlar. Törağa mavjud bölmagan narsalarni öylab topyapti”, degan u.

Jogorku Keneşning sobiq deputati va mamlakatning sobiq boş prokurori Qurmanqul Zuluşev iyun oyining boşida ham “75 lar xati” işini oçiq tarzda körib çiqiş tarafdori ekanini bildirgandi. Zuluşevning sözlariga köra, sud muhokamasining oçiq şaklda ötkazilişi jamoatçilikka jarayon haqida töliq malumot oliş imkonini beradi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Jogorku Keneş raisi Marlen Mamataliyev “75lar xati” bilan boğliq mojarodan keyin Qirğizistonda deputatlarning ixtiyoriy ravişda mandatlarini topşirişiga munosabat bildirgan edi.

Taşiyev istefosi

Joriy yilning 10 fevral kuni Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi raisi – Boş vazir örinbosari Qamçibek Taşiyev Prezident Sadir Japarovning farmoni bilan lavozimidan ozod etildi. U öz qarorini “jamiyatda bölinişga yöl qöymaslik” istagi bilan izohladi. Qamçibek Taşiyevning özi bu haqda Germaniyada yurak operatsiyasidan söng rejali tekşiruvda bölganida xabar topganini malum qildi.

Taşiyev ortidan uning birinçi örinbosari Qurbonbek Avazov, kiberxavfsizlik markazi direktori Daniel Risaliyev va Antiterror markazi direktori Elizar Smanov işdan olindi. Abdukarim Alimboyev Milliy xavfsizlik davlat qömitasi (MXDQ) raisining birinçi örinbosari lavozimidan ozod etilib, Davlat çegara xizmati raisi etib tayinlandi. Uning örnini Xavfsizlik kengaşi kotibi lavozimida işlab kelayotgan Rustam Mamasadiqov egalladi. 

2020 yildan buyon Milliy xavfsizlik davlat qömitasining 9-xizmati boşliği va rais örinbosari lavozimida işlab kelgan Jumgalbek Şabdanbekov Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi raisi vazifasini vaqtinça bajaruvçi etib tayinlandi.

Şuningdek, şu kunning özida Çegara xizmati davlat qömitasi tarkibidan çiqarildi.

Japarov va Taşiyev tandemi

Malumot uçun, Qamçibek Taşiyev 2020 yil 16 oktyabr kuni Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi raisi etib tayinlangan edi. Farmonni 2020 yil 5–6 oktyabr voqealaridan söng prezident vazifasini bajaruvçi sifatida Sadir Japarov imzolagan.

Qamçibek Taşiyev va amaldagi Prezident Sadir Japarov örtasidagi köp yillik munosabatlar mamlakatdagi eng barqaror va tasirli siyosiy ittifoqlardan biri sifatida baholanib kelgan. Ularning hamkorligi hokimiyat tepasiga kelişidan ança oldin boşlangan: 2010 yillar boşida ular bir neça bor siyosiy jarayonlarda bir tomonda bölgan, 2012 yildagi umumiy jinoiy epizodni ham birga boşdan keçirgan, bu esa ularning şaxsiy yaqinligini yanada mustahkamlagan.

2020 yil oktyabr voqealaridan söng tandem yakuniy şaklga keldi: Sadir Japarov Prezident lavozimini egalladi, Qamçibek Taşiyev esa MXQ rahbari etib tayinlanib, kuç blokining asosiy tayançiga aylandi. Aynan u eng şov-şuvli işlarni nazorat qilgan, kuç siyosatini şakllantirgan va amalda Prezident jamoasining eng yaqin işonçli şaxslaridan biri bölib kelgan.

Ekspertlar orasida ularning ittifoqi köpinça mamlakatdagi eng mustahkam siyosiy duet deb atalardi, Qamçibek Taşiyev atrofidagi har qanday kadr özgarişlari esa hokimiyat konfiguratsiyasidagi jiddiy özgarişlar belgisi sifatida qabul qilinar edi.

Sönggi paytlarda siyosiy doiralarda maxsus xizmat rahbarining bölajak Prezident saylovlarida iştirok etişi mumkinligi haqida miş-mişlar tarqalgan edi. Qamçibek Taşiyev esa bir neça bor prezidentlik poygasida qatnaşmoqçi emasligini va Sadir Japarovni qöllab-quvvatlaşini malum qilgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: