Ozarbayjonda bolalarning ijtimoiy tarmoqlarda röyxatdan ötişi taqiqlanadi
Ozarbayjon rasmiylari 16 yoşga tölmagan bolalarning ijtimoiy tarmoqlarda röyxatdan ötişini taqiqlaydi. Bu haqda “Oxu.az” xabar berdi.
Qayd etilişiça, mamlakat parlamenti keça, 30 iyun kuni bölib ötgan yakuniy uçinçi öqişda Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga, şuningdek, “Axborot, axborotlaştiriş va axborotni muhofaza qiliş töğrisida”gi hamda “Bolalarni zararli axborotdan himoya qiliş töğrisida”gi qonunlarga tegişli özgartirişlarni qabul qilgan.
16 yoşdan 18 yoşgaça bölgan ösmirlar ijtimoiy tarmoqlarda akkaunt oçişlari va ulardan foydalanişlari uçun faqat öz qonuniy vakillarining roziligi bilan yöl qöyiladi. Yoşni tekşiriş uçun bank kartasidan (undan malum miqdordagi mablağ yeçib olinib, keyin qaytarib beriladi), mobil telefon raqami va elektron poçta manzilidan foydalaniş rejalaştirilgan.
Malumotlarning haqqoniyligini tekşiriş masuliyati provayderlar, yani ijtimoiy tarmoq egalari zimmasiga yuklanadi. Qayd etilişiça, ularda yangi qonunda közda tutilmagan boşqa texnik yoşni tekşiriş usullaridan foydalaniş imkoniyati ham saqlanib qoladi. Uşbu yangi qoidalar joriy etiladigan platformalar röyxati hozirça tasdiqlanmagan.
Xorijiy provayderlar Ozarbayjonda öz filiali yoki vakolatxonasini oçişga, şuningdek, davlat organlari bilan hamkorlik qiliş uçun aloqa markazini taşkil etişga majbur böladi.
Agar platforma röyxatga kiritilganidan keyin olti oy ötib barça talablarni bajarmasa, uni jarimalar kutmoqda – umumiy hisobda 400 ming ozarbayjon manatigaça (taxminan 235 ming dollar). Keyinçalik ham qoidabuzarliklar davom etsa, bu provayder trafigining mamlakat hududida bosqiçma-bosqiç çeklanişiga olib keladi. Yangi qonun rasmiy elon qilinganidan 12 oy ötgaç kuçga kiradi.
Malumot uçun, Avstraliya dunyoda birinçi bölib bolalar va ösmirlar uçun ijtimoiy tarmoqlarda çeklovlar joriy qilgan edi. Tegişli taqiq 2025 yil dekabrdan boşlab amal qilmoqda. Biroq yaqinda ötkazilgan tadqiqotlar bu çeklovlar samarasiz ekanini va ösmirlar baribir ularni aylanib ötişda davom etayotganini tasdiqlamoqda.
Hisob-kitoblarga köra, hozirgi vaqtda internetda bolalar uçun u yoki bu körinişdagi çeklovlar kamida töqqizta davlatda amal qilmoqda. Yana 13 ta davlat şunga öxşaş taqiqlarni joriy etişni rejalaştirmoqda yoki kelajakda bunday imkoniyatni körib çiqmoqda.
Yaqinda bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişini taqiqlaşga qaror qilgan mamlakatlardan biri Buyuk Britaniya böldi. Tegişli qonunni yil oxirigaça qabul qiliş rejalaştirilgan, u esa 2027 yilning bahorida kuçga kirişi kerak.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda ham 16 yoşgaça bölgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanişi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.