USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Qamçibek Taşiyev 4 yilga qamaldi

183 марта
Қамчибек Ташиев 4 йилга қамалди

Bugun, 2 iyul kuni Bişkekning Birinçi may tuman sudi “75 lar xati” deb nomlangan şov-şuvli jinoyat işi böyiça hukm çiqardi. Unga köra, Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi sobiq rahbari Qamçibek Taşiyevga 4 yilga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi. Bu haqda “24.kg” xabar berdi.

Iş figurantlari orasida sobiq yuqori lavozimli amaldorlar va siyosatçilar bor. Sud muhokamasi yopiq tartibda ötgan bölsa-da, hukm ommaviy ravişda elon qilindi. Uni raislik qiluvçi sudya Aziret Mederov öqib eşittirdi.

“24.kg” muxbirining sud zalidan xabar berişiça, işning barça figurantlari “hokimiyatni zörlik bilan egallaş” moddasi böyiça aybdor deb topilgan va mol-mulki musodara qilingan holda tört yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Mazkur iş böyiça quyidagilarga hukm öqildi:

  • Qamçibek Taşiyev, MXDQ sobiq raisi;
  • Qurmanqul Zuluşev, Jogorku Keneş sobiq deputati;
  • Nurlanbek Turğunbek öğli, Jogorku Keneş sobiq spikeri;
  • Bekbolot Talğarbekov, jamoat arbobi;
  • Emilbek Uzoqboyev, Qirğizistonning Özbekistondagi sobiq elçisi;
  • Qurmanbek Diyqanboyev, Jogorku Keneş sobiq deputati;
  • Aali karaşev, sobiq boş vazir örinbosari va sobiq deputat;
  • Kursan Asanov, içki işlar vazirining sobiq örinbosari.

Şu bilan birga, sud figurantlarni “mansab mavqeini suiistemol qiliş” moddasi böyiça oqlagan.

Sud mahkumlarga nisbatan uç yil muddatga probatsiya nazoratini qöllagan. Şu tariqa, ular jazoni koloniyada ötamaydigan böldi.

Fevral oyidan beri hibsda saqlanayotgan beş nafar iş figuranti sud zalidan ozod qilindi. Bular – Bekbolot Talğarbekov, Emilbek Uzoqboyev, Qurmanbek Diyqanboyev, Aali Qaraşev va Kursan Asanov.

Majlisdan söng jurnalistlar Qurmanqul Zuluşev va Nurlanbek Turğunbek öğlidan izoh olişga uringan, biroq ular savollarga javob bermasdan, avtomobillariga ötirib, çiqib ketgan.

Qamçibek Taşiyevning advokati Ikromidin Aytqulov hukmdan rozi emasligini va uni yuqori instantsiyaga şikoyat qiliş niyatida ekanini malum qilgan.

Qurmankul Zuluşevning himoyaçisi Baqtibek Jumaşev ham himoya tomoni sud qaroridan rozi emasligini va yaqin orada uning ustidan şikoyat kiritişini bildirgan.

Iş figurantlari öz ayblarini tan olmagan.

Eslatib ötamiz, joriy yilning 9 fevral kuni internet makonida Prezident Sadir Japarov va öşa paytdagi Jogorku Keneş spikeri Nurlanbek Turğunbek öğli nomiga mamlakatda muddatidan oldin prezidentlik saylovlarini ötkaziş sörovi bitilgan jamoaviy murojaat paydo bölgan edi. Xatni 75 nafar turli jamoat va siyosat arboblari imzolagan. Oradan heç qança ötmay, 10 fevral kuniyoq Qamçibek Taşiyev MXDQ raisi lavozimidan mahrum böldi. Sadir Japarov uning istefosini izohlar ekan, jamiyatda tarqoqlik va bölinişga yöl qöymaslik maqsadida şunday qarorga kelganini aytgan edi. Aprel oyida Qamçibek Taşiyev va bir qator taniqli siyosatçilarga nisbatan jinoyat işi qözğatilgani malum böldi.

Taşiyev istefosi

Joriy yilning 10 fevral kuni Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi raisi – Boş vazir örinbosari Qamçibek Taşiyev Prezident Sadir Japarovning farmoni bilan lavozimidan ozod etildi. U öz qarorini “jamiyatda bölinişga yöl qöymaslik” istagi bilan izohladi. Qamçibek Taşiyevning özi bu haqda Germaniyada yurak operatsiyasidan söng rejali tekşiruvda bölganida xabar topganini malum qildi.

Taşiyev ortidan uning birinçi örinbosari Qurbonbek Avazov, kiberxavfsizlik markazi direktori Daniel Risaliyev va Antiterror markazi direktori Elizar Smanov işdan olindi. Abdukarim Alimboyev Milliy xavfsizlik davlat qömitasi (MXDQ) raisining birinçi örinbosari lavozimidan ozod etilib, Davlat çegara xizmati raisi etib tayinlandi. Uning örnini Xavfsizlik kengaşi kotibi lavozimida işlab kelayotgan Rustam Mamasadiqov egalladi. 

2020 yildan buyon Milliy xavfsizlik davlat qömitasining 9-xizmati boşliği va rais örinbosari lavozimida işlab kelgan Jumgalbek Şabdanbekov Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi raisi vazifasini vaqtinça bajaruvçi etib tayinlandi.

Şuningdek, şu kunning özida Çegara xizmati davlat qömitasi tarkibidan çiqarildi.

Japarov va Taşiyev tandemi

Malumot uçun, Qamçibek Taşiyev 2020 yil 16 oktyabr kuni Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi raisi etib tayinlangan edi. Farmonni 2020 yil 5–6 oktyabr voqealaridan söng prezident vazifasini bajaruvçi sifatida Sadir Japarov imzolagan.

Qamçibek Taşiyev va amaldagi Prezident Sadir Japarov örtasidagi köp yillik munosabatlar mamlakatdagi eng barqaror va tasirli siyosiy ittifoqlardan biri sifatida baholanib kelgan. Ularning hamkorligi hokimiyat tepasiga kelişidan ança oldin boşlangan: 2010 yillar boşida ular bir neça bor siyosiy jarayonlarda bir tomonda bölgan, 2012 yildagi umumiy jinoiy epizodni ham birga boşdan keçirgan, bu esa ularning şaxsiy yaqinligini yanada mustahkamlagan.

2020 yil oktyabr voqealaridan söng tandem yakuniy şaklga keldi: Sadir Japarov Prezident lavozimini egalladi, Qamçibek Taşiyev esa MXQ rahbari etib tayinlanib, kuç blokining asosiy tayançiga aylandi. Aynan u eng şov-şuvli işlarni nazorat qilgan, kuç siyosatini şakllantirgan va amalda Prezident jamoasining eng yaqin işonçli şaxslaridan biri bölib kelgan.

Ekspertlar orasida ularning ittifoqi köpinça mamlakatdagi eng mustahkam siyosiy duet deb atalardi, Qamçibek Taşiyev atrofidagi har qanday kadr özgarişlari esa hokimiyat konfiguratsiyasidagi jiddiy özgarişlar belgisi sifatida qabul qilinar edi.

Sönggi paytlarda siyosiy doiralarda maxsus xizmat rahbarining bölajak Prezident saylovlarida iştirok etişi mumkinligi haqida miş-mişlar tarqalgan edi. Qamçibek Taşiyev esa bir neça bor prezidentlik poygasida qatnaşmoqçi emasligini va Sadir Japarovni qöllab-quvvatlaşini malum qilgan.

Изоҳ қолдириш

    • Муродбек 4 Iyul 2026 03:41
      Хакикий демократия Киргизистон молодцы

Мавзуга алоқадор: