USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Torontodagi festivalda otişma böldi. Qurbonlar bor

45 марта

Kanadaning Toronto şahrida ötkazilayotgan köça festivalida sodir bölgan otişma oqibatida kamida ikki kişi halok böldi, yana bir neça kişi jarohatlandi. Politsiya hodisa yuzasidan tergov boşlagan, biroq hozirça gumondorlar qölga olinmagan. Bu haqda ABC News xabar berdi.

Qayd etilişiça, voqea joriy yilning 11 iyul kuni soat 20:12 atrofida Toronto şahridagi Sent-Kler avenyusi ğarbiy qismi va Arlington avenyusi yaqinida sodir bölgan. Hududda öqotar quroldan jarohatlangan olti kişi aniqlangan. Ulardan ikki nafari voqea joyining özida vafot etgan. Qolgan jabrlanganlar şifoxonaga yetkazilgan.

Hodisa paytida uşbu hududda “Salsa on St. Clair” köça festivali ötkazilayotgan bölgan. Otişma ortidan politsiya voqea joyini örab, xavfsizlik çoralarini kuçaytirgan. Rasmiylar aholidan hududga yaqinlaşmaslikni söragan.

Hozirça otişmani kim sodir etgani va bunga nima sabab bölgani malum emas. Toronto politsiyasi gumondor yoki gumondorlarni aniqlaş böyiça iş olib bormoqda.

Ontario provintsiyasi boş vaziri Dag Ford hodisa yuzasidan munosabat bildirib, festivaldagi zöravonlikdan çuqur qayğuda ekanini aytgan va aybdorlar javobgarlikka tortilişi kerakligini takidlagan.

“Aybdor şaxs qölga olinişi, javobgarlikka tortilişi va umrining qolgan qismini panjara ortida ötkazişi kerak”, deya qöşimça qilgan u.

Eslatib ötamiz, avvalroq Turkiyaning Möğla viloyati Bodrum tumanidagi restoranda sodir bölgan qurolli hujum oqibatida 28 yoşli Muhammer Bilik halok bölgani haqida xabar berilgandi.
 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: