Kongo örmonlarida noyob maymun turi topildi
Kongo Demokratik Respublikasi örmonlarida öziga xos taşqi körinişga ega bölgan yangi maymun turi ilmiy jihatdan tasdiqlandi. Qora yuzi va puşti-töq sariq lablari bilan ajralib turuvçi uşbu primat fan uçun yangi tur sifatida qayd etildi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Mahalliy aholi orasida “Likweli” nomi bilan tanilgan maymun Kongo Demokratik Respublikasining markaziy-şarqiy qismidagi Lomami milliy boğining ziç tropik örmonlarida yaşaydi.
Tabiatni muhofaza qiliş mutaxassislari uşbu hayvonni ilk bor 2008 yilda körgan. Biroq öşa paytda faqatgina sifati past bitta surat olişga muvaffaq bölingan. Oradan 10 yil ötib, maymun yana kuzatilgaç, xalqaro tadqiqotçilar guruhi uni örganişga kirişgan. Tadqiqotlar natijasida uşbu primat ilgari nomalum bölgan alohida tur ekani aniqlangan. Bu sönggi 75 yil içida Afrikada aniqlangan beşinçi yangi maymun turi hisoblanadi.
Florida Atlantika universiteti tadqiqotçisi Junior Amboko boşçiligidagi olimlar guruhi maymunning ovoz yozuvlari, suratlari hamda genetik tahlillari asosida xulosaga kelgan.
Olimlarning qayd etişiça, “Likweli” maymunlari juda kam uçraydi va odamlardan uzoqda yaşaşga moyil. Tadqiqotçilar hayvon yaşaydigan hudud yaqinidagi 52 ta qişloq aholisi bilan suhbatlaşgan, biroq ulardan faqat sakkiztasida bu maymunni körganlar bölgan.
Yangi tur Colobus congoensis ilmiy nomi bilan qayd etilgan. U kolobus maymunlari guruhiga kiradi. Mutaxassislarning aytişiça, uşbu hayvonlar tropik örmon ekotizimida muhim örin tutadi. Ular ösimliklar bilan oziqlanib, uruğlarning tarqalişiga yordam beradi.
Olimlar maymunning yorqin rangdagi lablari boşqa hayvonlar bilan aloqa qiliş, juftini jalb etiş yoki öz turdoşlarini ajratişda muhim rol öynaşi mumkinligini taxmin qilmoqda. Tadqiqotçilar “Likweli”ning öziga xos baland ovoz borligini ham qayd etgan. Ularni köpinça eşitiş mumkin, biroq ziç daraxtzorlar sabab köriş qiyin.
Ayni paytda olimlar uşbu maymun turi soni va yaşaş hududini çuqurroq örganişni rejalaştirmoqda. Mutaxassislar hayvon göşt uçun ovlanişini hisobga olib, yangi tur sifatida rasman tan olinişi uning himoyasini kuçaytirişga yordam berişidan umid qilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq avstraliyalik tadqiqotçilar öziga xos kiçik şoxlari bölgan yangi mahalliy asalari turini kaşf etgan edi va unga mos ravişda Megaçile Lucifer nomi berilgandi.